Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida energiya tejamkorligi, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish va samaradorligini oshirish masalalariga qaratilgan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27 avgust kuni energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanib, davlatimiz rahbarining iyulda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu rejani ilmiy asoslangan holda ikki baravar oshirib bajarish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan va shundan kelib chiqib, mutasaddilar zimmasiga bir qator topshiriqlar yuklangandi.  

Seminarda ishtirokchilarga elektr, gaz, favqulodda vaziyatlar bo‘limi va muqobil energiya quvvatlari ishlab chiqaruvchilardan iborat soha mutaxassislari tomonidan energiyani tejash, iqtisodiy va xavfsizlik taraflama samaradorlikka erishish maqsadida zamonaviy vositalar va muqobil energiya hisobiga ishlovchi qurilmalardan foydalanish va ularning afzalliklari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida olimlar va soha mutaxassislari tomonidan quyosh panellarining afzalliklari atroflicha tushuntirildi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi va ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida ham batafsil so‘z yuritildi.

Bulardan tashqari, aholi turar joylari, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, tashkilot va korxonalarga quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan “yashil” energiyaning iqtisodiy afzalliklari hamda quyosh elektr panellarini o‘rnatish, muqobil energiya qurilmalari uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit mablag‘lari haqida ham ma’lumotlar taqdim qilindi.

Ko‘rgazmali seminarda tuman hokimi, tuman sektorlari va qator mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni keng joriy etish borasida aholi orasida targ‘ibot ishlarini yanada oshirish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya tejamkorligi – davr talabi