Mamlakatimizda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va muqobil energetikani rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 5-maydagi «2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Poytaxtimizda o‘tkazilgan «Green Forum – 2016» ilmiy-texnik forumi sohada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar, milliy va xalqaro tajriba muhokamasiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, olimlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti laboratoriya mudiri, akademik R.Zohidov, Osiyo taraqqiyot banki eksperti K.Mitsuxashi, Jahon banki bosh mutaxassisi I.Buranov va boshqalar energiya resurslaridan tejab foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi farovonligini ta’minlashning muhim omili ekanini ta’kidladi.

Muqobil energiya manbalarini qo‘llagan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish, tarqatish va iste’mol qilish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda energiya samaradorligi va energiya tejash sohasi bo‘yicha ekspertlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinib, ilg‘or xorijiy tajriba keng o‘rganilmoqda.

– O‘zbekistonda energiya samaradorligini ta’minlash, muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi Osiyo taraqqiyot banki eksperti Keydju Mitsuxashi. – Samarqand viloyatidagi quvvati 100 megavattni tashkil etadigan quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasidir. Elektr energiyasi va gaz hisoblash tizimini avtomatlashtirish yuzasidan O‘zbekistonda to‘plangan tajriba esa tahsinga loyiq.

2020-yilgacha Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham ana shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda O‘zbekistonda energiya tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalari joriy etilishini rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishni yanada rivojlantirishdagi imkoniyatlar, elektr energetikasining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya tejamkor texnologiyalar istiqbollari