Energetikada mahalliylaştiriş va innovatsion yondaşuvlar yangi bosqiçga kötarilmoqda
– Biz faqat mahsulot emas, injiniring xizmatlarini ham eksport qilişimiz kerak. Buning uçun özimizda taşkil etilayotgan loyihalaştiriş va sinov laboratoriyalari imkoniyatlaridan keng foydalanişimiz zarur, – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanidagi “NURA Electric” zavodi faoliyati va tayyor mahsulotlar körgazmasi bilan tanişiş çoğida.
Bugun mamlakatimiz energetika sohasi tubdan yangilanib, tizimga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yeçimlar keng joriy etilmoqda. Tarmoqni mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlaş, importga qaramlikni kamaytiriş hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Bu borada “Özenergoinjiniring” energetika sohasidagi yirik loyiha institutlaridan biri sifatida muhim örin tutmoqda. Institut faoliyati, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va mahalliylaştiriş borasidagi rejalar sohadagi islohotlarning amaliy ifodasidir.
– Davlatimiz rahbari işlab çiqariş jarayonlari va tayyor mahsulotlar körgazmasi bilan tanişiş asnosida biz bilan ham suhbatlaşib, faoliyatimiz hamda istiqboldagi rejalarimiz bilan qiziqdi. Biz “Özenergoinjiniring” va uning tarkibidagi qöşma loyiha institutlari faoliyati yuzasidan taqdimot ötkazdik, – dedi “Silk Road Energy Planning and Engineering” instituti boş direktori Akmalxon Hojixonov. – Jumladan, Xitoyning yetakçi energetikani rejalaştiriş va injiniring instituti bilan hamkorlikda taşkil etilgan loyiha institutimizni taniştirdik.
Institutimizda energetikani rivojlantirişning xalqaro standartlarga asoslangan tamoyillari joriy etilgan. Xususan, “Plexos” dasturi yordamida yil davomida har bir soat kesimida energetika tizimi tahlil qilib boriladi. Quyoş va şamol energiyasi, akkumulyator batareyalari resurslari hamda isteʼmol xususiyatlaridan kelib çiqib, zarur hisob-kitoblar bajariladi. Bu jarayonda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan ham foydalanyapmiz.
Şuningdek, Özbekistonda ilk bor qayta tiklanuvçi energiya manbalari stansiyalarini sinovdan ötkazişga ixtisoslaşgan laboratoriya taşkil etdik. Bu yerda Kanadadan keltirilgan zamonaviy uskunalar va superkompyuterlar yordamida real vaqt rejimida hisob-kitoblar amalga oşiriladi.
Davlatimiz rahbari energetika loyihalarida mahalliylaştiriş uluşini oşiriş zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi. Jumladan, har bir energetika loyihasida mahalliy loyiha institutlari uluşini kamida 50 foizga yetkaziş vazifasi belgilandi.
Şu bilan birga, sohada yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş, hududlarda institut filiallarini taşkil etiş hamda faoliyat kölamini kengaytiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jamoamiz bilan uşbu yönalişlarda bor kuç-ğayratimizni safarbar etişga tayyormiz. Zero, soha rivoji uçun barça şaroit yaratilgan.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOV (video),
ÖzA