Shunday bir zamonda yashayapmizki, kundalik turmushimizni elektr energiyasisiz tasavvur eta olmaymiz.

Va keyingi yillarda yuz bergan ochiqlik, so‘z erkinligi bizga yana bir imkoniyat berdiki, mahallamizda elektr energiyasi bilan bog‘liq qisqa nosozlik yuz bersa ham darhol sabr-kosamiz to‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda bong urishga, PR qilishga intilamiz. Lekin, ayrim olis tog‘li qishloqlarda odamlar bir umr elektr energiyasidan foydalanishni orzu qilib yashayotgani yoki boshqa bir qishloq ahli chirigan simyog‘ochlar, past kuchlanishli bo‘lsada, xonadonlarga energiya uzatib, daraxtlar shoxlariga tegay, deb turgan omonatgina elektr simlari yonidan farzandlari o‘tayotganida yurak hovuchlab turishini ko‘z oldimizga keltirolmaymiz.

Afsuski, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Vochax qishlog‘i aholisi Energetika vazirligi va uning quyi tizimlaridan qariyb o‘n yildan buyon xonadonlarini elektrlashtirishni, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Qorakulcha hududida yashayotgan aholi chirigan simyog‘ochlarni almashtirishni so‘rab, sargardon bo‘lmoqda.

Albatta, bu so‘zlar ayrim mutasaddilar qulog‘iga yomon eshitilishi ham, bo‘lmagan gap, deydigan shovvozlar topilishi ham mumkin. Biroq, ikkala hudud aholisining murojaatlari asosida olib borgan jurnalistik surishtiruvda yurtimizda elektr energiyasidan mosuvo qishloqda bo‘lib, ularning turmushini kuzatdik. Chirib, bukilib qolgan simyog‘ochlarning almashtirilishiga ko‘ngli sovib qolgan qishloq odamlari bilan suhbatlashdik. Mutaxassislar fikri bilan qiziqdik.

Vochax – olis tog‘lar qo‘ynida joylashgan markazdan uzoq qishloq. Bu hududga borish uchun To‘palang suv omborida motorli qayiq bilan chamasi 25-30 kilometr yo‘l bosiladi. Keyin 4-5 chaqirim baland tog‘lar bo‘ylab piyoda, ot yoki eshakda yuriladi. Yoz oylarida tog‘li Maland, Karsh qishloqlari orqali faqat “UaZ”, “Niva” kabi yengil mashinalarda borsa bo‘ladi. Buning uchun Karsh qishlog‘idan Vochaxgacha 11 chaqirim tog‘ yo‘lini bosib o‘tish kerak.

Shu yerlik aholining aytishicha, bir paytlar qishloqda uch yuzdan ortiq aholi yashagan. Maishiy sharoitlar o‘nglanavermagach, davrlar o‘tishi bilan aholining asosiy qismi boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.

– Elektr energiyasi kelishidan umidini uzgan odamlar boshqa hududlarga ko‘chib ketmoqda, – deydi o‘qituvchi Mirzaumar Merganov. – Chunki, endilikda hech kim turmushini elektr energiyasiz tasavvur qilolmay qoldi. Bizning ham televizor ko‘rib, yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lgimiz, mehmon kelsa yorug‘ xonalarda kutgimiz keladi. Bolalarimiz Sariosiyo taraflarga borib kelgudek bo‘lsa, uyga kelgach, televizor ko‘rishga sharoit qilingizlar, deb janjal ham ko‘taradigan bo‘lib qolgan. Qariyb o‘n yil bo‘ldiki, nurchilarimizga shu masalada murojaat qilamiz. Xalq qabulxonalariga ham dardimizni ko‘ndalang qo‘ymoqdamiz. Biz davlatdan ish yoki pul so‘ramayapmiz. 

Faqat elektr energiyasi bilan ta’minlashlarini iltimos qilmoqdamiz, xolos. Shu yillarda o‘zim 70 dan ortiq murojaat yo‘lladim. Afsuski, mutasaddilar kelib ko‘rishadi-yu, shu bilan g‘oyib bo‘lishadi. Nima qishlog‘imizga elektr simlarini tortish shunchalik mushkul ishmi? Mana, yonimizdagi Karsh qishlog‘iga elektr energiyasi kelgan. Shunday rivojlangan zamonda elektr nurlarisiz yashayotganimizdan achinib ham ketamiz. Filialimizda 30 ga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Elektr toki yo‘qligidan ular kompyuter texnologiyalaridan saboq olish imkoniyatiga ega emas. Maktabni tugatgan yoshlarimiz qishloqdan chiqib ketayotgani bizda yana bir tashvish uyg‘otmoqda.

Ayni paytda qishloqdagi 27 ta oilada yuzga yaqin kishi istiqomat qiladi. Ular bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Qishloqda tumandagi 46-maktabning filiali mavjud bo‘lib, ta’lim muassasasiga zamonaviy kompyuterlar ham berilgan. Ammo, elektr energiyasi yo‘qligidan bu jihozlar maktab qorovulining uyida saqlanmoqda.

Vochaxliklar elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarini ko‘ndalang qo‘yavergach, ikki yilcha avval har bir xonadonga ixcham quyosh batareyalari o‘rnatib berilgan. Afsuski, uning ham akkumulyatorlari ishdan chiqib, ishlamay qolgan.

– Quyosh batareyalari bizda ish bermas ekan, – deydi vochaxliklar. – Sababi kech kuzdan bahorgacha tog‘ qo‘ynidagi qishlog‘imizda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Quyosh ko‘rinmay qoladi. Bunday batareyalarni o‘zimiz ham olib kelib ishlatib ko‘rganmiz. Befoyda. Karshdan qishlog‘imizgacha 6-7 kilometr masofaga elektr simyog‘och tortilsa, olam guliston. Simyog‘ochni olib kelib, qayerlarga o‘rnatish kerakligini belgilab berishsa, o‘zimiz kovlab, o‘rnatib chiqamiz.

Xo‘sh, bu masalani qanday hal etish mumkin?

– Vochaxga simyog‘ochlarni olib borish uchun avtomobil yo‘lini kengaytirish kerak, – deydi Sariosiyo tumani elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi I. Choriyev. – Busiz elektr simlarini tortishning iloji yo‘q. O‘zim borib masofani o‘lchab chiqqanman. Karshdan Vochaxgacha 7 kilometr tog‘li hududga simyog‘och o‘rnatish lozim. Yo‘li talabga javob bermaydi.

[gallery-7778]

Shu qishloqlik Mirsaid Bekov tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Bog‘dorchilik, asalarichilikni yo‘lga qo‘ygan. Qishloqqa yog‘ochni kesib, qayta ishlaydigan uskuna olib kelib, o‘rnatgan. Uning ta’kidlashicha, Karshdan Vochaxgacha 11 kilometr masofada og‘ir yuk mashinalari ham harakatlanadigan yo‘l qurilgan. Bu yerga faqat maxsus tajribaga ega haydovchilar yuk olib keladi. Agar qishloq uchun simyog‘ochlar ajratilsa, ularning o‘zi ana shu yuk mashinalarida olib keladi. Mutaxassislar faqat simyog‘ochlar o‘rnatiladigan joylarni belgilab bersa, o‘zlari yerni kovlab, hashar yo‘li bilan o‘rnatib chiqishadi.

–Tomorqamda yong‘oq, do‘lana kabi daraxtlar serob, –deydi M.Bekov. – Mana shu uskunani qishloqqacha “Kamaz” yuk mashinasida olib kelganman. Unga “Tiko”ning motori joylashtirilgan. Benzinda ishlaydi. Yog‘ochni men istagan o‘lchamda kesib beradi. Bu yog‘ochlardan yasalgan eshik, deraza romlari va mebel jihozlari juda mustahkam, xushruy, xushbichim bo‘ladi. Agar qishlog‘imizga elektr kelsa, mebelsozlik sexini ochib, qo‘shimcha dastgohlar olib kelishim va o‘nga yaqin yoshni ish bilan ta’minlashim mumkin. Bundan tashqari, To‘palang suv ombori bo‘yida ekoturizmni yo‘lga qo‘ysak bo‘ladi. G‘aroyib sharshara ham bor. Buning uchun ham elektr toki kerak, axir.

Elektr energiyasi bilan bog‘liq yana bir muammo – Qumqo‘rg‘on tumanidagi Tayfang mahallasi Qorakulcha qishlog‘idan kelgan shikoyat tafsilotlarini ochiqlashdan oldin joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalariga tushgan murojaatlar soni bilan ham qiziqdik.

Shu kungacha vohada elektr tarmog‘idagi kuchlanishning talab darajasida emasligi, sim ustun, transformatorni ta’mirlash va o‘rnatish, tarmoqqa ulanish, ta’minotdagi uzilish kabi muhim masalalar bilan bog‘liq 3 ming 776 ta murojaat tushgan. Ularning 212 tasi Sariosiyo, 314 tasi Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.

Tayfang mahallasi Qumqo‘rg‘on tumanining chekka hududida joylashgan. Mahallaning Qorakulcha qishlog‘idagi 40 ga yaqin xonadon uchun o‘tgan asrning 90 yillarida hashar yo‘li bilan qo‘lbola elektr yog‘och ustunlari o‘rnatilib, ikki-uch tolali elektr simlari tortilgan. Endilikda qo‘lbola yog‘och ustun va elektr simlari yaroqsiz holga kelib qolgan. Xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Qorakulchaliklar ko‘p yillardan buyon shu masalada mahalliy va markazdagi energetika idoralariga murojaat etib kelmoqda.

– Mutaxassislar murojaatimizga panja orasidan qarayotir, – deydi qorakulchalik Erkin Suvonov.–Yog‘ingarchilik yoki kuchliroq shamol bo‘lganda yurak hovuchlab turamiz. Chunki, yog‘och ustun qulashi yoki elektr simlari uzilib yerga tushishi mumkin. Tasavvur qilayapsizmi, bu juda xavfli holat. Ikkinchidan, o‘sha yili yog‘och ustunlarni duch kelgan joy ya’ni, ko‘cha bo‘yi va tomorqalarimizdagi daraxtlar ichidan pala-partish o‘rnatib ketgan. O‘shanda bu masalani aytganimizda kelgusi yillarda mustahkam sim ustunlar o‘rnatib, to‘g‘rilab beramiz, deyishgan edi. Biroq, o‘ttiz yildan oshdiki, hech kim bu masala bilan qiziqmayapti. Kuchlanishi ham juda past. Tunlari televizor ko‘rolmaymiz. Energetika vazirligigacha murojaat etdik. Natija yo‘q. Nima qilishga hayronmiz.

Qishloq odamlari bizga ko‘cha bo‘yidagi qiyshayib qolgan yog‘och ustunlar, tomorqalardagi yong‘oq, tol kabi daraxtlar shoxiga ilakishib turgan elektr simlarni ko‘rsatar ekan, mas’uliyatsizlik bilan amalga oshirilgan bu ish bir kun kelib, kimningdir hayotdan erta ko‘z yumishiga sabab bo‘lishidan xavotirda ekanini tashvish bilan aytadi.

– Bu muammoning yechimini topish uchun ko‘p emas, 20-25 ta mustahkam sim ustun o‘rnatib, kuchlanishi balandroq transformator qo‘yib berishsa, biz hayotdan rozi bo‘lamiz,–deydi Nurboy Mamatqulov.– Yoki nurchilarimiz o‘ttiz yil ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarini biron ko‘ngilsiz voqea yuz bergach tuzatishni ko‘ngillariga tugib olganmi? Qayerga murojaat etmaylik, viloyat yo tuman elektr tarmoqlari korxonasidan kelib, yaqinda almashtirib beramiz, deya va’dani quyuq qiladi. Bir enlik qog‘ozga nimalarnidir yozib, shosha-pisha imzo qo‘ydirib olishadi-da, shu bilan g‘oyib bo‘ladi. Biz esa kuta-kuta yuragimizni hovuchlab yashayveramiz. Yaxshiyamki, 130-140 kilovatt atrofida tok bor. Mana, qarang, ba’zi joylarga telefon simlarini ham ulab ketgan. Bu elektr xavfsizligiga to‘g‘ri kelarmikan?

Mazkur masalada Qumqo‘rg‘on tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Yusuf Xolmo‘minov bilan suhbatlashdik.

– Tumanimizda 1 ming 800 kilometr atrofida elektr liniyasi bor. Bu yil Tayfang mahallasidan 1,5 kilometr masofadagi elektr liniyasini ta’mirlash, bitta transformator o‘rnatish dasturga tushgan, – deydi Yu.Xolmo‘minov. – Albatta, yil oxirigacha bajaramiz. Odamlarning aziyat chekayotganidan xabarimiz bor.

Xullas, vochaxliklarning ham, tayfangliklarning ham aytishicha, ko‘p yillardan buyon mahalliy mulozimlar quyuq va’da berishdan nariga o‘tolmayotgani uchun endilikda ular faqat Energetika vazirligidan najot kutib, yashamoqda. Ikki qishloq muammosiga bu vazirlikda yechim topadigan mutasaddi bormikan, o‘zi?

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi diqqatiga: Uzoq qishloq aholisi muammosini kim hal etadi?