30 iyun – Yoshlar kuni

Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida 106 mingdan ziyod ishchi-xodim faoliyat yuritadi. Ularning 17 ming 526 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardir.

2023 yilda 633 nafar mutaxassis oliy o‘quv yurtini va 571 nafar yigit-qiz kollej va texnikumni tamomlagandan so‘ng ushbu tizimga ishga qabul qilingan.  

Shu yilning o‘zida 260 nafar xodim xorijda tayyorlov va qayta tayyorlov kurslarida malaka oshirgan.

Ta’kidlash kerakki, Prezidentimizning tegishli farmoni bilan mamlakatimizda 30 iyun – Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Davlatimiz tomonidan bunday e’tibor yoshlarga bildirilgan katta ishonch, ularning jamiyat hayotida faolligini oshirish, o‘qib-o‘rganishi va yurt ravnaqi yo‘lida munosib kadrlar bo‘lib yetishi uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bilan bog‘liqdir.

Shu talablardan kelib chiqib, yoqilg‘i-energetika tizimida mehnat qilayotgan yoshlarga har jihatdan qo‘mak berish, ularning o‘z sohasini mukammal bilishi va tajriba orttirishida rahbariyat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida shu haqda to‘xtalib o‘tdi.

Vazir tizim yoshlarini 30 iyun – Yoshlar kuni bilan qutlab, ularning ulkan yutuqlarga erishishida faqat izlanish va o‘qib-o‘rganish katta yo‘l ochib berishini ta’kidladi.

– Aynan ushbu tizimda eng ko‘p xorijiy investitsiyalar kiritilmoqda va eng ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Barcha iqtisodiy va sanoat korxonalari rivoji ushbu tarmoq bilan bog‘liqdir. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga katta ishonch bildirilib, sohada katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning natijasi va boshqaruvi siz, yoshlarning bilim va salohiyatingizga bog‘liq. Shunday ekan, har bir daqiqadan unumli va natijali foydalaning. Bugun mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq etish ishlari jadal olib borilmoqda. Quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, yurtimizda 200 megavattli shamol elektr stansiyasi umumtarmoqqa elektr energiyasini uzatmoqda.  

Bu ham O‘zbekistonda “yashil” energetika tarmog‘idagi yutuqlardan darak beradi. Ana shunday islohotlar ijrosida tizim yoshlarining faol bo‘lishi davr talabidir, – dedi vazir.

Uchrashuvda har bir ishtirokchi o‘zini qiziqtirgan savol yoki takliflarini bildirishga oshiqdi. Xususan, unda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Mirjahon Nurmamatov o‘z taklifini aytar ekan, ona Vatan ravnaqi yo‘lida doim izlanish va o‘z kasbini sidqidildan ado etish bosh maqsadi ekanini ta’kidladi.

–Avvalo, bunday uchrashuvning tashkil etilishi yoshlarga bildirilgan katta ishonchdir. Fursatdan foydalangan holda o‘z taklifimni bildirmoqchiman. Sohadan ajralmagan holda bakalavr darajasida ta’lim olganmiz. Ishlab turgan holda magistratura bosqichida o‘qish sharoitini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqilsa, bu bizning kelgusi faoliyat va izlanishimizda katta ko‘mak bo‘lar edi, – dedi M.Nurmamatov.

Vazir bilan uchrashuv yakunida faol yoshlar taqdirlandi va ushbu jarayonlar suratlarda muhrlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NL0flFuBXt4?si=jIW0Q_A6TSwATB15" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vaziri: Yoshlar nafaqat o‘z kasbini bilishi, balki bir necha xorijiy tillarni o‘rganishi zarur (+video)