Jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilmani bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Shu kunga qadar faqat 1 ta telefonni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda onlayn tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) joriy qilindi. Natijada sizning nomingizga boshqalar telefonni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.
O‘zbekistonga kelgan xorijliklar uchun telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanish davri 30 kundan 60 kungacha uzaytirildi.
UzIMEI ayni vaqtda fuqarolar o‘z nomida bo‘lgan qurilmalarni onlayn tekshirish imkonini beruvchi tizimni joriy qilish ustida ishlanmoqda.
O‘zA