Endilikda to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan, mobil ilovalar orqali), elektron tijorat platformalari – «marketpleys»larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi.

Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda "marketpleys"lar orqali amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi «Soliq» mobil ilovasida avtomatik tarzda aks etadi.

Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron to‘lovlar (PAYNET, OSON, PAYME, CLICK, APELSIN va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga ko‘ra xaridlar elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti. Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, avtomobil, avia va temir yo‘l chiptalari xarid qilinganda, kommunal va aloqa xizmatlari uchun to‘lov qilinganda keshbek to‘lanmaydi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda masofaviy elektron to‘lovlar uchun keshbek to‘lanadi