Yurtimizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda.

Natijada yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etilmoqda. Aholining o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi kamaymoqda.  

Bu borada 2022 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qayd etilishicha, hozirga qadar aholining o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi. Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.

– Qarorda xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini tabaqalashtirilgan holda kamaytirish, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish muddatlari va bosqichlarini qisqartirish ko‘rsatib o‘tilgan, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Bahriddin Murodov. – Shuningdek, qaror bilan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning bir qismini tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirish, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishning xususiyatlari belgilandi. Unga ko‘ra, amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi.

Joriy yilning 11 oyi davomida Navoiy viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha jami 609 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 35 ta arizaga ijobiy xulosalar berildi. Ijobiy xulosa olgan 17 ta arizaga xususiylashtirish to‘g‘risida davlat orderi shakllantirilib, Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 18 ta ariza to‘lov qilish jarayonida qolmoqda.

– Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining foydali jihatlari ko‘p, – deydi B.Murodov. – Masalan, o‘zingizga tegishli yer uchastkangizni xususiy mulk qilib olishingiz, shuningdek, ushbu yer uchastkalarini endilikda kredit olish maqsadida garovga qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, xususiylashtirilgan yerlarni sotish, meros qilib qoldirish, hadya qilish, eng muhimi esa, mulk huquqidagi yeringiz davlat va jamiyat ehtiyojlari yoki “snos” kabi maqsadlarda sizning roziligingizsiz bepul olib qo‘yilmaydi. Xullas, endilikda xususiylashtirilgan yer egasi hovlisining bir qismi – imorati yo‘q joyni kimgadir sotishi mumkin.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari agentligi yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi xususiylashtirilgan yerning bir qismini kimgadir sotish mumkin