Bu haqda Qashqadaryo viloyatida “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda aytildi.

Ta’kidlandiki, baliqchilik tarmog‘i oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sohaga intensiv texnologiyalarni jalb qilish va aholi xonadonlarida baliq yetishtirishni tashkil etgan holda baliq yetishtirish hajmlarini yanada oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda viloyatda jami 15 ming 856 gektar suv maydonlarida jumladan 3898 gektar sun’iy, 11 ming 958 gektar tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirib kelinmoqda.

Viloyatda joriy yilda quvvati 1790 tonna bo‘lgan, qiymati 51,8 milliard so‘mlik 28 ta baliqchilik loyihalarini amalga oshirish hamda 302 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda qiymati 36,5 milliard so‘mlik 24 ta loyiha tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishi hisobiga amalga oshirildi. Shuningdek, qolgan 4 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Sun’iy va tabiiy suv havzalarini baliq chavoqlari bilan baliqlantirish uchun mavjud 207 gektar reproduktor havzalarda 16 million dona baliq chavoqlari yetishtirilib, baliqchilik xo‘jaliklariga yetkazib berildi.

Viloyatda baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan baliq mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholiga arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida, viloyat dehqon bozorlarida 30 dan ortiq ko‘chma savdo rastalari o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Intensiv usulda baliq yetishtirish maqsadida yopiq suv aylanma tizimi (UZV) inshootlarida baliq yetishtirib kelinmoqda. Jumladan, bu boradagiishlarni “Oktam Fish Farm” MCHJ, “Ta’minotchi” MCHJ, “Axmedov Akmal” F.X. hamda  “Komiljon Qurilish” MCHJlar misolida ko‘rish mumkin.

Baliqlarning ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida “Masterok Garant” MCHJ tomonidan quvvati 8000 tonna bo‘lgan yuqori proteinli yem ishlab chiqarish  korxonasi barpo etildi.

[gallery-5286]

Aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish maqsadida Shahrisabz va Kitob tumanlarida aholi xonadonlarida intensiv usulda forel baliqlari yetishtirildi.

Qarshi tumanida joylashgan “Oktam Fish Farm” MCHJda yarim intensiv va intensiv usullarda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, MCHJ tomonidan inkubatsiya sexida lichinka ishlab chiqarish bilan bir qatorda baliq ozuqasini ishlab chiqarish xomashyo (makkajo‘xori, bug‘doy) yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Sohaga alohida ahamiyat qaratilishi natijasida viloyatda 2018 yilda 4796 tonna, 2019 yilda 5714 tonna, 2020 yilda 6447 tonna baliq va baliq mahsulotlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning 9 oyida 4812 tonnani tashkil etmoqda.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi xonadonlarda ham baliq boqish yo‘lga qo‘yiladi