2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda Xalq qabulxonalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning kadrlari tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur boʻlgan bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, yuksak maʼnaviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, muntazam ravishda malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish, faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish yuzasidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shular qatorida Xalq qabulxonalarining yangilangan nizomi, ularning sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi, Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.

Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini taʼminlash asnosida endi mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati u yerdagi ijtimoiy infratuzilma, iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy soha obyektlarining holatidan kelib chiqib, “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratilgan holda baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, bundan buyon turli dastur va loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda eng ogʻir hududlarga eʼtibor qaratilib, muammolarni yechish chora-tadbirlari koʻriladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi turli loyihalarni amalga oshirishda avvalo eng ogʻir hududlarga eʼtibor qaratiladi