Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Markaz” podstansiyasiga har biri 40 ming kilovatt quvvatga ega bo‘lgan ikkita zamonaviy transformator olib kelindi.

Yuqori kuchlanishli ushbu uskunalar 10 ming nafar aholi hamda bir qator tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Hozir transformatorlarni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

– Mazkur jihozlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yetkazib berildi. Hozir ularni o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda, – deydi AJ Sirdaryo hududiy filiali bosh muhandisi Dilshod Abduqodirov. – Ushbu ishlar orqali aholi va tadbirkorlar uzluksiz hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Shu bilan birga, viloyatning barcha tuman va shaharlarida eskirgan simyog‘och ustunlar temir-beton tayanchlarga almashtirilmoqda. Xizmat muddati o‘tgan elektr tarmoqlari ham zamonaviy va bardavom liniyalarga yangilanmoqda.

Mahalliy aholi bunday o‘zgarishlardan mamnun.  

Hududda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida podstansiyalarni modernizatsiya qilish, past kuchlanishli transformatorlarni yangisiga almashtirish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi ta’minotda uzilishlar bo‘lmaydi