30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Guliston shahrining Yangi hayot massivida dasturiy mahsulotlar va axbopot texnologiyalapi texnologik parki – “IT-PARK” Sirdaryo filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
30-iyun – Yoshlar kuni
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Guliston shahrining Yangi hayot massivida dasturiy mahsulotlar va axbopot texnologiyalapi texnologik parki – “IT-PARK” Sirdaryo filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Pecpublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi, Sirdaryo viloyati va Guliston shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faollari, “IT-PARK” rezidentlari, startaplar va axborot texnologiyalari sohasi qiziquvchilari, oʻquvchi, talaba-yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Pecpublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Shuhrat Sodiqov hamda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev moviy bogʻichni qirqqach, barcha yigʻilganlar 2 qavatli zamonaviy qulayliklarga ega “IT-PARK” ichkarisiga taklif etildi.

Mehmonlar u yerda “IT-PARK”ning ochilishi munosabati bilan “Yoshlar kuni”ga bagʻishlab ijodkor va iqtidorli yoshlarni aniqlash, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijodiy muhitni shakllantirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirish hamda yoshlarning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga boʻlgan ijodiy faolligini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Yosh dasturchilar forumi” koʻrik-tanlovining guvohi boʻldilar. Tadbirga tashrif buyurganlar koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ishlari bilan yaqindan tanishdi.
“IT-PARK”ning ikkinchi qavatida “IT-Sentr” – oʻquv markazi faoliyati va rezidentlarga yaratilgan sharoitlar, kibrsport, mobil robotatexnika, taqdimot hududlari, maʼmuriy ofis xonasi yigʻilganlarda ulkan taassurot qoldirdi.
Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar uchun barpo etilgan ushbu majmua ularning sevimli maskaniga aylanishi taʼkidlandi.

– Ushbu dasturiy mahsulotlar va axbopot texnologiyalapi texnologik parki – “IT-PARK” Sirdaryo filialining loyiha qiymati 12 milliard 157 million soʻm boʻlib, shundan 1 milliard soʻmini tijorat aksiyadorlik “Ipoteka” banki filialidan olingan 1 yillik kredit mablagʻlari, qolgan qismini esa jamoa mablagʻlari tashkil etadi, – deydi “IT-PARK” rahbari Oybek Anvarov.
– Ushbu 2 qavatli zamonaviy inshootda hamma qulayliklar yaratilgan. Kibersport xonasidan 100 ga yaqin zamonaviy kompyuter oʻrin olgan boʻlsa, birinchi qavatda 50 oʻrinli texnopark, bir yoʻla 50 kishiga xizmat koʻrsata oladigan kafe ishlab turibdi.
Oʻquv markazida yoshlarning kompyuter savodxonligini oʻzlashtirishi, oʻyinlar oʻynashlari, dasturlash malakasini egallashlari uchun toʻla shart-sharoit yaratilgan.

Darvoqe, mazkur zamonaviy “IT-PARK”ni Yusuf Qoraboyev boshliq “Guliston madad qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari 6 oy davomida qurib,foydalanishga topshirdi.
Eʼtiborga moyil yana bir tarafi shu yerning oʻzida “Hunarmandlar markazi” ham bunyod etilayotir. Ushbu markaz ishga tushgach, koʻpgina yoshlar hunarmandchilik sirlarini aynan shu yerdan, ustoz-shogird anʼanalari asosida oʻrganishlari ham nazarda tutilgan.
Yana bir quvonarli jihati, hunarmandlar mahsulotlarini namoyish etishi, sotishi uchun 140 ta doʻkon ham foydalanishga topshiriladi.

– Mamlakatimizda, dasturiy mahsulotlar va axbopot texnologiyalapi texnologik parki – “IT-PARK” filiali respublikamizda barmoq bilan sanarli dajarajada ekanini alohida taʼkidlash lozim, – deydi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining Matbuot va axborot xizmati rahbari Anvar Toʻychiyev.
– Endi sirdaryolik yoshlar ham kompyuter sirlarini oʻrganmoqchi, kompyuter texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirib olmoqchi, qolaversa, kichik yoshdagi “Kamalak”chilarimiz turli oʻyinlar oʻynamoqchi boʻlsalar bu yerga kelib vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari mumkin boʻladi.
Qolaversa, inshootdagi har bir xonada barcha mobil xizmatining yoʻlga qoʻyilganligi, internet manbalaridan keng foydalanish imkonini ham beradi.