Rossiyaga salbiy ta’sirni kuchaytirish uchun Avstriya boshchiligidagi 15 davlat "yangilangan, maqsadli va qo‘shma global diplomatik sa’y-harakat" olib borilishini talab qilmoqda. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.
– Yevropa Ittifoqi Ukrainada 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun Kremlga bosimni kuchaytirish maqsadida RF bilan hamon yaqin sherik davlatlar bilan diplomatik aloqani “yangilashi va faollashtirishi” kerak, – deyilgan a’zolar Oliy vakil Kaya Kallasga yo‘llagan qo‘shma maktubda. – Targ‘ibot har ikki yo‘nalishda davom etishi, muayyan mintaqalar mamlakatlaridagi o‘ziga xos vaziyat va mavjud xavotirni hisobga olish zarur.
Musulmon Ziyo, O‘zA