Tezkor tadbir davomida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari: A.J.X., 1-darajali serjant J.B.N. va kichik serjant Ya.Sh.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.B.ni go‘yoki yuqori lavozimdagi tanishlari orqali viloyat FVBga ishga joylashtirishga ishontirishgan.

Buning evaziga 1500 AQSH dollari talab qilishgan va 1100 AQSH dollari hamda 750 ming so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Dono xalqimiz bejizga: “Qilmagaysan — topmagaysan” demagan. Hozirda mazkur xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Forma — ishonch ramzi. Uni kiygan inson xalq xizmatida bo‘lishi sharaf hisoblanadi. Ammo uni shaxsiy “biznes”ga aylantirganlar qonun oldida javob berishadi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi qonun oldida javob berishadi