Mamlakatda keksa, boquvchisini yo‘qotgan va mehnatga layoqatsiz aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, fuqarolarga pensiyalarni tayinlash yuzasidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Prezidentimizning 2023 yil 31 oktyabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2025 yil 1 martdan  boshlab 60 yoshga yetgan erkaklar va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar shu kunning o‘zida avtomatik tarzda ya’ni ariza yoki biror bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanmoqda. Bunda shaxsga oid, shuningdek, ish staji, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi va Soliq qo‘mitasining elektron bazalaridan olinib, fuqaroning dastlab pensiyaga bo‘lgan huquqi aniqlanib, miqdori hisoblab chiqilmoqda.

Fuqarolarning kelajakda ushbu qaror bilan ortiqcha ovoragarchiliklariga ya’ni vaqt va mablag‘ sarflariga chek qo‘yildi.

Pensiya yoshiga yetgan fuqaroga shu kunning o‘zida pensiya avtomatik ya’ni proaktiv tarzida tayinlanganidan so‘ng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga ma’lumot yuborilmoqda. Endi barcha keksa yoshdagi fuqarolar ham telefon mobil aloqasidan foydalanmasligi mumkin. Bunda ushbu toifadagi fuqarolar uchun yashash manziliga O‘zbekiston Pochtasi orqali pensiya tayinlanganligi va miqdori to‘g‘risida 5 kun muddatda xat yuborish orqali ma’lum qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Yangi tartibga ko‘ra pensiya yoshiga yetib  [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]

mehnat faoliyatini davom ettirgan holda yoshga doir pensiyaga keyinroq chiqish istagini bildirgan fuqarolarga “proaktiv” shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi berildi. Yoshga doir pensiya fuqaroning keyinchalik qilgan murojaatiga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarga muvofiq qaytadan hisoblanishi va tayinlanishi mumkin.

Shuningdek, Prezidentimizning 2025 yil 27 maydagi “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori asosida 2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlanmoqda. 

Natijada fuqarolarning mazkur jarayondagi hujjat to‘plash, bevosita Pensiya jamg‘armasiga borib ariza berish kabi ovoragarchiliklarining oldi olinib, ularga qulaylik yaratildi. Jarayonda inson faktori minimallashtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan elektron ma’lumotlar asosida Qashqadaryo viloyatida 63 foiz pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga yoshga doir pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanmoqda. 

Biroq rasmiy mehnat faoliyatini bir necha yillar oldin yakunlangan fuqarolarning mehnat daftarchasidagi yozuvlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining YAMMT(Yagona milliy mehnat tizimi) dasturiga kiritilmaganligi sababli, ularga proaktiv shaklda pensiya tayinlash rad etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur muammoning yechimi sifatida davlatimiz rahbarining 2025 yil 26 iyundagi farmoniga asosan 2025 yil iyul-oktyabr oylari davomida hokim yordamchilari har bir mahalladagi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolarning mehnat daftarchasi ma’lumotlarini tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali raqamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin, deya belgilab qo‘yildi.

– Farmon ijrosi doirasida bugungi kunda viloyatda hamkor tashkilotlar ishtirokida Fuqarolarni mehnat daftarchalarini raqamlashtirish jarayoniga ko‘maklashish mavzusida seminarlar tashkil etilmoqda, – deydi  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Alisher Rajabov. – Mahalla yettiliklarining joylardagi bevosita rahbarlari – “mahalla yettiligi” a’zolari belgilangan xizmat vazifalarini bajarish bilan bir vaqtda fuqarolarga mehnat daftarchalaridagi yozuvlarni raqamlashtirish targ‘ibotini amalga oshirib, ushbu masalada fuqarolarga bevosita ko‘maklashmoqda. Qashqadaryo viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni YAMMT dasturiga kiritish maqsadida boshqarmaning tuman(shahar) bo‘limlariga murojaat qilayotgan fuqarolarni to‘siqlarsiz qabul qilinishi ta’minlanmokda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi pensiyaga chiqish uchun hujjat ko‘tarib yurishga hojat yo‘q