“Ar-Ro‘’ya” nashri muxbiri Ibrohim Al-Hodiy O‘zbekiston Respublikasi hukumati O‘mon fuqarolarining mamlakatimizga kirishi tartibini osonlashtirgani, xususan mazkur arab davlati fuqarolari uchun 30 kun mobaynida yurtimizda vizasiz yurish qoidasi joriy etilayotganiga e’tibor qaratgan.

– Ikki tomonlama munosabatni yanada yaxshilash, sayyohlik va madaniy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakat doirasida tashlangan bu qadam o‘zaro chuqur tarixiy aloqalar, mustahkamlanib borayotgan do‘stlikni anglatadi, – deydi muallif. – Ushbu imtiyoz joriy yil 1 iyundan kuchga kiradi.

– O‘zbekiston o‘monlik birodarlar boy madaniy va tarixiy obidalarimiz, an’anaviy mehmondo‘stlikdan tashqari YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalarimizni kashf etishlari uchun keng imkoniyat yaratadi, – deydi Elchi Abdusalom Hotamov. – Keyingi bosqichda madaniy va iqtisodiy almashinuvni chuqurlashtirish maqsadida turizm ko‘rgazmalari, iqtisodiy forumlar, O‘mon sayyohlik agentlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tanishuv tashriflari kabi qo‘shma tadbirlar uyushtiramiz. Aviatsiya sohasida “Oman Air”ni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yakunlandi, Masqat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bizning “Centrum Airlines” kompaniyamiz esa Salaloh shahriga mavsumiy reyslar amalga oshirmoqda. Bu chora-tadbirlar o‘zaro sayohatni osonlashtiradi, turizmni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi o‘monliklar ham yurtimizda 30 kun vizasiz yura oladi