Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan ijtimoiy hayotimizning barcha yo‘nalishlarida islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu bilan jamiyatimiz erkinlashdi, xalqimizning huquq va erkinliklari ta’minlandi, eng muhimi farovonligimiz oshdi. Mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, vakillik organlari nazoratining samarali va ta’sirchan mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish borasida izchil ishlar olib borilayotgani ham e’tiborga molik.

Xalq hokimiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida mahalliy Kengashlarga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solib kelayotgan dolzarb masalalarni hal etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish bo‘yicha qator qo‘shimcha vakolatlar berildi. Yangilangan Konstitutsiyaga asosan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlaridan biri sifatida belgilandi. Oliy Majlis Senati tarkibida Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashkil etildi. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan 20 dan ortiq qarorlar qabul qilinib, huquqiy asoslar yanada mustahkamlandi. 

Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish yangilangan Konstitutsiyadan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish maqsadida 2025 yil 23 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan. 

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida bir qator vakolatlarni mahalliy Kengashlarga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ma’qullandi. 

Farmon bilan byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar hamda Maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, mahalliy Kengash Rayosati, Kengash raisi o‘rinbosari institutlarini joriy etish belgilandi. 

Endi odamlarning muammosi qog‘ozning o‘zida hal qilib yuborilmaydi. Yangi tizim “Mahalla — Tuman Kengashi — Viloyat Kengashi — Senatdan iborat bo‘ladi. Muammo hal bo‘lmasa, shu zanjir bo‘yicha tepagacha yetib boradi. Kengashlar o‘z hududidagi eng dolzarb masalalarni Senat muhokamasiga olib chiqishi mumkin bo‘ladi. “Mahalla yettiligi” + deputatlar dasturlarni birga tuzadi, samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu yangi mexanizm – muammo qayerda paydo bo‘lsa, o‘sha yerda yechim topiladi, degani.

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi doirasida hokim o‘rinbosarligiga nomzodlarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish bo‘yicha “Kengash soati” institutini joriy etish, fuqarolarning mahalliy Kengash sessiyasi ishini bevosita kuzatishi bo‘yicha tizimni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. 

Konsepsiya doirasida mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyati samaradorligini oshirishga, hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishga, qarorlar qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga oid qator choralar belgilanmoqda. Bundan tashqari, “qulaylik” – “soddalik” – “xavfsizlik” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muvofiqlashtiriladi. Shu bilan birga, belgilangan maqsadlarga erishishda mahalliy vakillik organlariga har tomonlama ko‘maklashib boriladi. 

Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 

Xususan, birinchidan, mahalliy Kengash, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. 

Ikkinchidan, aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni «mahalla yettiligi» – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat» tamoyili asosida kuchaytirilmoqda. 

Uchinchidan, mahalliy Kengashning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash nazarda tutilyapti.

To‘rtinchidan, mahalliy Kengash deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish belgilanmoqda. 

Beshinchidan, mahalliy Kengash faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash nazarda tutilyapti. 

Oltinchidan, mahalliy Kengash faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yettinchidan, mahalliy Kengash faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, «E-Kengash» elektron platformasini takomillashtirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi mamlakatimizda mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish va jamiyatning har bir a’zosining hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim hujjat hisoblanishini ko‘rsatadi. 

Maqsad mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining samarali faoliyatini ta’minlash, ularning mustaqilligini va javobgarligini oshirish orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishdan iborat. 

Bu mahalliy aholi ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirishda mahalliy davlat organlarining rolini kuchaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, fuqarolarning mahalliy boshqaruv jarayonlarida faol ishtirokini rag‘batlantirish ham konsepsiyaning muhim vazifalari sanaladi. 

Jamiyat uchun ushbu konsepsiyaning ahamiyati katta. Birinchidan, mahalliy davlat hokimiyatining samarali faoliyati orqali har bir hududning o‘ziga xos muammolari tez va maqbul tarzda hal etiladi. Bu esa aholi turmush darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. Ikkinchidan, fuqarolarning mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki orqali demokratik tamoyillar chuqurlashadi, jamiyatdagi adolat va tenglik tamoyillari mustahkamlanadi. Uchinchidan, mahalliy vakillik organlari va ijroiya hokimiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kuchayib, davlat boshqaruvi tizimi yanada shaffof va samarali bo‘ladi. 

Konsepsiyaning asosiy vazifasi – mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligini kuchaytirish, jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mahalliy aholining ehtiyojlarini aniqlashda ularning rolini oshirishdan iborat. Bu esa mahalliy darajada qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va ularning sifatini yaxshilash imkonini beradi. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholi manfaatlarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Konsepsiya ularning huquqiy va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish yo‘lida qator chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Bu esa mahalliy darajadagi muammolarni tez va samarali hal etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Shuningdek, konsepsiya mahalliy boshqaruv organlari vakillik organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga, ularning vazifa va funksiyalarini aniqlashtirishga yo‘naltirilgan. Bu bevosita jamoatchilikning siyosiy faolligini oshirish, demokratik institutlarni rivojlantirish va davlat boshqaruvining shaffofligini ta’minlashga yordam beradi. 

Xulosa qilib aytganda, “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning imkoniyatlari va salohiyatini kengaytirish, shu bilan birga jamiyatda demokratik tamoyillarni mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu konsepsiyaning amalga oshirilishi orqali mamlakatimizda mahalliy boshqaruvning samaradorligi oshadi, aholi hayotining sifatli tomonga o‘zgarishi ta’minlanadi. Asosiysi, u mamlakatimizda demokratiyani chuqurlashtirish, hududlarni barqaror rivojlantirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim strategik hujjatdir. Ushbu konsepsiyaning amalga oshirilishi orqali O‘zbekistonda mahalliy davlat boshqaruvi yangi bosqichga ko‘tarilib, jamiyatning barcha qatlamlari uchun qulay va adolatli boshqaruv muhiti yaratiladi.

Tashpo‘lat Matibayev,

sotsiologiya fanlari doktori, professor,

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi odamlarning muammosi qog‘ozda hal qilib yuborilmaydi