Endi manzil emas, imkoniyat muhim (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti katta ofitseri Dilshod Ro‘ziqulov bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va qulay shart-sharoitlar, shuningdek harbiy xizmatchilar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar xususida suhbatlashdik.
Muloqot davomida Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish hamda mehnat qilish bilan bog‘liq cheklov bekor qilinishi, o‘zgarishlarning hamyurtlarimiz, xususan harbiy xizmatchilar oilalari hayotiga ijobiy ta’siri, shuningdek hujjatlashtirish va harbiy hisobga turish jarayoni soddalashtirilishi haqida so‘z bordi. Fuqarolarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar, erkin harakatlanish va munosib mehnat qilish uchun yaratilayotgan shart-sharoit haqidagi batafsil suhbatni YouTube kanalimiz orqali tomosha qiling!
Fardona Yaxshiboyeva,
Salim Obidjonov (video),
O‘zA