Endi jazo og‘irlashdi: giyohvandlikka oid qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar (+video)
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi.
Xususan, narkojinoyatlarga homiylik qilgan mansabdor shaxslar, jamoat joylarida narkotik va psixotorop moddalarini iste’mol qilganlar, narkotik moddalarini ikki va undan ortiq davlat hududida muomalaga kiritganlar, voyaga yetmagan shaxslarni alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga majbur qilgan shaxslarga jazo choralari keskin kuchaytirildi.
Endi voyaga yetmagan shaxsni alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddani iste’mol qilishga jalb etganlar ma’muriy emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar jazo muddatini to‘liq o‘taydi va ular muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinmaydi. Shuningdek, ularning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi Axborot-tahlil guruhi rahbari — Mirsaid Xaydarov bu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UvXjfFQctqc" title="Endi jazo og‘irlashdi: giyohvandlikka oid qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA