🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Endi Bulung‘unda ham DXMning zamonaviy binosi bor

Endi Bulung‘unda ham DXMning zamonaviy binosi bor
Jamiyat
Tanlaş
20:53 / 02.12.2020

Bulung‘ur tumani Davlat xizmatlari markazining yangi, zxamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Markazning ochilishi marosimida ishtirok etgan Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonovning qayd etishicha, viloyatdagi o‘n uchunchi markaz binosi ham davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, eng zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan. 

Elektron navbat tizimi 5 ta monitorda aks etib turadi, 20 ta qabul oynasida ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.  

Zamonaviy arxitektura dizayni asosida jihozlangan markaz binosida fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi, investorlar xonasi, bank kassasi, fuqarolik pasporti hamda haydovchilik guvohnomasini berish xonalari tashkil etilgan. Bundan tashqari, kutish zalida mo‘’jaz kitob javoni mavjud.

G‘.HASANOV, O‘zA.

Muallif: uza