Joriy yilning 16-21 yanvar kunlari Serbiyaning Sombor shahrida ayollar boksi bo‘yicha o‘tkazilgan XIII “Millatlar ligasi” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Yilni ana shunday muvaffaqiyat bilan boshlagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ayni kunlarda navbatdagi yirik musobaqalar, xususan, “Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi xalqaro turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Elshod Rasulov bilan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, kelgusidagi rejalar va terma jamoamiz qayd etayotgan natijalar haqida suhbatlashdik.  

– Avvalo, yilning ulkan muvaffaqiyat bilan boshlangani bilan sizni va terma jamoani tabriklayman. Mazkur turnirdan ko‘zlangan maqsad borasida so‘zlab bersangiz.  

– “Millatlar ligasi” musobaqasida ishtirok etishdan ko‘zlagan asosiy maqsadimiz shogirdlarimning jismoniy holatini sinovdan o‘tkazish edi. O‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida ishtirok etganimizdan so‘ng bir muddat tin olib, navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazdik. Shu sababli ham qizlarimizning texnik va jismoniy holatini bilishimiz zarur edi va biz Serbiya mezbonligida o‘tgan mazkur turnirda qatnashdik. Musobaqa natijalari va terma jamoamizning holatidan ko‘nglim to‘ldi. Shuningdek, terma jamoa a’zolarining kamchiliklarini ham aniqlab oldik.  

– Ayni damda terma jamoamiz a’zolari nimalar bilan mashg‘ul? Kelgusidagi rejalar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz?  

– Hozirda terma jamoamiz uchun “Yangiobod” bazasida ikkinchi bosqich o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlangan. Yig‘in doirasida tezkorlik, texnika va jismoniy holatni yanada yaxshilovchi mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqdamiz. Shuningdek, ularni nufuzli musobaqalarga ruhan tayyorlamoqdamiz. Rejalarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, hozirda eng katta maqsadimiz 4-14 mart kunlari Italiyada, may oyida Tailandda Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritishdir. Keyin esa bor e’tiborimizni Olimpiya o‘yinlariga qaratamiz.  

– Mamlakatimizda ayollar boksi qanday rivojlanmoqda? O‘tgan yilgi natijalar sizni qoniqtirdimi?  

– “Parij-2024"ga yo‘llanma olish borasida barcha shogirdlarim da’vogarlar qatorida turibdi va ulardan umidim katta. Bilasiz, sportchi sifatida Olimpiadada 3 marotaba qatnashganman. Bu musobaqa sportdagi eng yirigi ekanini barchamiz yaxshi his qilamiz. Biroq unga yo‘llanma olish va unda sovrindor bo‘lish uchun tinimsiz mehnat bilan bir qatorda omad ham kerak. Biz imkoniyatlardan maksimal ravishda foydalanyapmiz.   

Ayollar boksi so‘nggi uch yilda ancha rivojlandi, deb baralla ayta olaman. 2020-2023 yil davomida ayollar boksi bo‘yicha terma jamoa tarkibini tuzish va ularga munosib zaxira yaratish borasida ish olib bordik. Bugungi kunga kelib esa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi terma jamoalarimizda har bir vaznda ikkitadan, bir-biridan kam bo‘lmagan bokschi qizlarimiz bor. Shu tariqa, biz, murabbiylar o‘z oldimizga qo‘ygan birinchi maqsadga erishdik. Shunday bo‘lsada, o‘tgan 2023 yilgi qo‘lga kiritgan natijalarimizdan murabbiy sifatida ko‘nglim to‘lmadi, shuningdek, federatsiyamiz rahbariyati ham bu natijalardan qoniqmadi. Lekin yana takror aytaman, ayollar boksi mamlakatimizda jadal ommalashmoqda. Uni yanada rivojlantirish uchun biz, murabbiylar bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz.  

Bokschi qizlarimizni  oldinda katta sinov kutmoqda. Aniqrog‘i, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnirlar, “Parij-2024", Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etamiz va mazkur musobaqalar bizning mehnatlarimiz samarasini ko‘rsatadi.  

Ha, bugun mamlakatimiz ayol sportchilari bir qator sport turlari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Bu esa mamlakatimizda ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir. Umid qilamizki, bokschi qizlarimiz bu yilgi nufuzli musobaqalarda yuksak marralarni zabt etib, yangi tarix sahifalarini yozadi.  

O‘zA muxbiri Javohir Toshxo‘jayev suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elshod Rasulov: "Bokschi qizlarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda"