Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab milliy taomlar, hunarmandchilik mahsulotlari, tumanda ishlab chiqarilayotgan sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tuman axborot kommunikatsiyalar markazi kitoblarining ko‘rgazmasi, cho‘l o‘zlashtirilganligining 50 yilligi va tumanning 45 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan foto ko‘rgazma bilan tanishdi.

Bundan so‘ng tuman markazida yaqinda foydalanishga topshirilgan o‘yingohda teatrlashtirilgan musiqiy-adabiy, xoreografik bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ellikqal’a tumani hokimi, Qoraqalpog‘istond Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi S.Avezov, mehnat faxriysi A.Tojiyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qo‘shaloq bayram bilan qutladi.

Ta’kidlanganidek, shu davrdagi rahbarlarning tashabbusi bilan ming yillik biyobon bog‘-bo‘stonga, go‘zal gulistonga aylangan.

Bundan 45 yil avval O‘zbekiston xaritasida yangi Ellikqal’a tumani paydo bo‘lgan.

Paxtachilik yangi tuman iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i edi. 1977 yili Ellikqal’a 10352 gektar yerga chigit qadab, jami 41 ming tonna paxta yetishtirildi. 1978 yil yakunida bu xirmon 44 ming tonnaga yetib, Qoraqalpog‘istonda birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi.

1982 yil 5 mart tuman tarixida qoladigan quvonchli sanaga aylandi. Paxtachilikda erishgan yuksak marralari uchun “Qirqqizobod” jamoa xo‘jaligining ko‘p yillik raisi Abdulla Alimov Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Mo‘l hosil ustalaridan Xudoybergan Bobojonov, Sherimbet Nurimbetov, Ro‘zim Sultonov, Qo‘sha Egamberdiyev, Sa’dulla Rizayev, Sharifboy Avezov, Bog‘ibek Abdullayev,  Iso Shiriyev, shijoatli ayollardan Rajabgul Hamroyeva, Saodat Qurbonboyeva, Tojigul Ismoilova, Hayitjon Yangiboyeva, Ulmeken Do‘sqaliyeva, Ramuza Davletnazarova, O‘g‘ilbayram Yunusova faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Yangi tumanning jo‘g‘rofiy joylashishini hisobga olib, chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. “Buxon-merey” nomidagi qo‘ychilikka ixtisoslashtirilgan davlat xo‘jaligining rahbarlari va mehnatsevar cho‘ponlari fidoiylik ko‘rsatdi. 1981 yili o‘z ishining mohiri Qurbonboy Tojiyev rahbarligida asalarichilik xo‘jaligi tuzildi.

Istiqlol tuman solnomasida yangi, yorqin sahifalar ochdi. Barcha sohalar har tomonlama rivojlandi. Nafaqat sanoat, qishloq xo‘jaligi, servis sohasi, balki barcha tarmoqlarga iqtisodiy islohotlar va ma’naviy yangilanishlar kirib keldi. Fermerlar va tadbirkorlar qatlami iqtisodiyotdan o‘zining mustahkam o‘rnini topdi. Raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, so‘ngi yillarda bir necha o‘n yilga tatigulik o‘sish va o‘zgarishlarga erishildi. Tumanda bir necha yirik loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Bo‘ston klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 16,0 million AQSH dollardan ortiq bo‘lgan ip-kalava, sochiq, laykra jinsi, o‘simlik yog‘i va brezent ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish orqali mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur korxona tomonidan joriy yilda umumiy qiymati 4,0 million AQSH dollari bo‘lgan tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish hamda chorvachilik kompleksi tashkil qilish loyihasini amalga oshirish natijasida yangidan qo‘shimcha yana 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. “Bo‘ston silk” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 22,9 milliard so‘m bo‘lgan ipakdan mato va gilam ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish orqali 700 dan ortiq ish o‘rni tashkil qilindi. “QQB eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 17,0 milliard so‘m bo‘lgan o‘simlik yog‘i zavodini qurish orqali 76 ish o‘rni yaratildi. “Ellikqal’a yo‘llardan muntazam foydalanish” unitor korxonasi tomonidan qiymati 10,0 milliard so‘mlik issiq asfaltabeton mahsulotlari zavodi ishga tushirilib, 20 kishi ish bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq, joriy yilda tumanda 65,3 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Eng muhimi, davlatimiz rahbarining 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanda 3000 gektar maydonda, shundan 1000 gektari fermer xo‘jaliklarida 2000 gektar aholi tomorqalarida serdaromad uzumzor tashkil etish belgilangan.

Jahon banki ishtirokidagi umumiy qiymati 376,0 million AQSH dollarlik “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasining ijrosi orqali tumanda 233 kilometr uzunlikdagi kanallarni rekonstruksiya qilish, yangidan Bo‘ston kanalining 41 kilometrlik qismini ishga tushirish va 28 kilometr uzunlikdagi kanallarga beton qoplama yotqizish, 53 ta zamonaviy ko‘priklarni qurish va 470 ta yangidan gidrotexnik inshootini qurish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida kanallarning foydali ish koeffitsiyenti 0,55 dan 0,80 ga oshirilib, 28 ming gektardan ortiq ekin maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanadi.

Tumanda ijtimoiy sohaga ham jiddiy e’tibor berilyapti. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakultetida hozirgi vaqtda 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 353 nafar talaba kunduzgi bo‘limda tahsil olayapti. 2017 yilgacha 22 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi bor-yo‘g‘i 18 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 132 taga yetib, qamrov 68 foizga yetkazildi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi jami 72 ta ta’lim muassasasida 29 mingdan ortiq o‘quvchi o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus tillarida ta’lim olmoqda. Ularga 2750 nafar malakali pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda.

Mamlakatimiz va xorijdan har yili 50 ming nafardan ortiq sayyohning bu yerga tashrif buyurayotgani bu borada naqadar katta salohiyat borligini ko‘rsatmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Aqchako‘l bo‘yida turistik rekratsion hudud tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasidan 10 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratildi.

Bayram tadbirida san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Aqchako‘l sohili bo‘yida chavandozlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

[gallery-6364]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ellikqal’a – 45 yoshda