Elit OCHL: Bugun «Paxtakor» uyda, «Neftchi» esa safarda o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining umumiy bosqichida ikkinchi tur uchrashuvlari 12–13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning ikki klubi — «Paxtakor» va «Neftchi» jamoalari maydonga tushadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugun 12-oktabr kuni Toshkentda «Paxtakor» Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45 da «Paxtakor» stadionida boshlanadi. Jamoalar o‘zaro ilk bor kuch sinashadi.
Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishda jamoalarning libos ranglari ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, «Paxtakor» futbolchilari sariq rangli libosda, darvozaboni esa pushti rangli libosda maydonga tushadi.
Shuningdek bugun, «Neftchi» Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga qarshi safarda bahs olib boradi. Ar-Riyod shahridagi «Al-Avval Park» stadionida o‘tkaziladigan to‘qnashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 23:15 da start oladi. Uchrashuvda mezbonlar sariq-ko‘k, «Neftchi» esa oq-qora rangli liboslarda o‘ynayd.
Ma’lumot uchun, Elit Osiyo chempionatining qolgan uchrashuvlari bilan quyida tanishasiz:
12-oktabr kuni, shuningdek, «Al-Vasl» — «Al-Ahli», «Traktor» — «Al-Shamol», «Al-G‘arafa» — «Istiqlol» va «Al-Quva Al-Javiya» — «Al-Ayn», 13-oktabr kuni esa «Al-Sadd» — «Al-Hilol» hamda «Al-Ittihod» — «Shabob Al-Ahli» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA