Elikqal’a yoshlari iste’dodini namoyish etdi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elikqal’a tumani madaniyat saroyida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning quyi – mahalla bosqichida 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifasida 400 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi. Ularning 48 nafari tuman bosqichida bellashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Tuman bosqichida ishtirokchilar baxshichilik, an’anaviy ijro, opera, estrada yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Hay’at a’zolari tomonidan mahorati yuqori baholangan 10 nafar ishtirokchi tanlovning hududiy bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-6668]
Maqsad HABIBULLAEV (surat) O‘zA