Elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida 164 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan
Keyingi uç yilda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11 milliard 600 million dollarlik 164 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Tarmoq oltita asosiy yönalişda rivojlantiriladi. Jumladan, kabel sanoatida 2,5 milliard dollarlik 41 ta, transformatorlar va nasoslar işlab çiqarişda 1,4 milliard dollarlik 29 ta, sanoat robototexnikasi va uskunasozlikda 3 milliard dollarlik 45 ta loyiha bajariladi.
Şuningdek, transport va elektromobillar uçun elektrotexnika mahsulotlari böyiça 650 million dollarlik 9 ta, elektron komponentlar va mikroelektronika böyiça 3,5 milliard dollarlik 21 ta, maişiy texnika sohasida 600 million dollarlik 19 ta loyiha nazarda tutilgan.
Har bir yönalişga masʼul rahbarlar va asosiy buyurtmaçilar biriktiriladi. Ularga tayanç investorlarni jalb qiliş, ilmiy markazlar va texnika oliygohlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş topşirildi.
ÖzA