Prezidentimizning joriy yil 15 oktyabrda “Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish, sohaning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan elektrotexnika sohasini rivojlantirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar 2026 yilda eksport geografiyasini 80 ta davlatga, eksport hajmini esa 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2030 yilda mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmini 225 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, 2026-2027 yillarda elektrotexnika sanoati korxonalari aylanma mablag‘larni to‘ldirish, jumladan, mis xomashyosini xarid qilish uchun tijorat banklari orqali kredit olishida qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Xususan, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori, lekin 10 foiz punktdan oshmagan qismida kompensatsiya beriladi.

Shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda qoplanadi. 10 milliard so‘mgacha, ammo kreditning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismiga kafillik taqdim etiladi.

Ushbu chora-tadbirlar sohadagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ichki qiymat zanjirini kuchaytirish va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika sohasi uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozlar beriladi