O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Elektrotexnika sanoati sohada yaratilgan sharoitlar natijasida so‘nggi yetti yilda respublikaning yirik mahalliy sanoat tarmog‘iga aylandi, tarmoqda ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobarga, eksport hajmi 7 barobarga o‘sdi va geografiyasi 63 ta davlatga yetdi. 

Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini sohaga keng joriy etish maqsadida Elektrotexnika sanoatini 2025-2027 yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

tarmoqda qo‘shilgan qiymat ulushini o‘rtacha 21 foizdan 30 foizga va ishlab chiqarish hajmini 58 trillion so‘mga yetkazish; 

qayta ishlash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiya qilish hisobiga eksport hajmini 3,0 milliard AQSH dollariga yetkazish; 

yuqori texnologiyalarga asoslangan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni joriy etishni qo‘shimcha rag‘batlantirish orqali umumiy qiymati 4,0 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish; 

ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv tizimini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.

Qaror bilan: 

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari; 

Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025-2027 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlari; 

Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari; 

Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yangi bosqichga chiqadi