Buxoro viloyati Kogon shahri hamda Vobkent tumani tibbiyot birlashmalarida zamonaviy texnologiyaga asoslangan “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimini joriy etish tajriba-loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur muassasalarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, bunda axborot-kommunatsiya texnologiyalaridan foydalanish tajribasini oʻrganish maqsadida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul xodimlari, ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlarning mutaxassislari, viloyat tibbiy muassasalari hamda shahar-tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari, mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifat va samaradorligini yanada yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Bu borada qabul qilingan tizimni rivojlantirishga qaratilgan qator huquqiy meʼyoriy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etayotir.

Prezidentimizning 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019 –2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi soha taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtardi. Unda, jumladan, AKTni qoʻllash asosida “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimini keng joriy etishga doir dolzarb vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjat ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

Viloyatda 252 ta davolash-profilaktika muassasasi boʻlib, ularning moddiy-texnika bazasi tobora mustahkamlanmoqda. Tibbiyotning birlamchi tizimini maqbullashtirish natijasida 70 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etildi. Ularning bemorlarga aniq tashxis qoʻyish va xizmat koʻrsatish imkoniyatlari kengaytirildi. Hududlarda 70 ta tez yordam shoxobchasi, 202 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari, 93 ta qishloq vrachlik punkti ham ishlab turibdi.

Mamlakatdagi qator davolash-profilaktika muassasalarida, jumladan, Buxoro viloyatining Kogon shahri va Vobkent tumani tibbiyot birlashmalari hamda ular tarkibidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda “elektron poliklinika” va “teletibbiyot” tajriba-loyihalari amalga oshirilayotir.

– Albatta, tibbiy xizmat sifatini yuksak darajaga koʻtarishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni taqozo etadi, – deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boʻlim boshligʻi Elyor Oltiyev. – Buning uchun, albatta, koʻp mablagʻ zarur. Masalan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasini zamonaviy talablar asosida moslashtirish uchun ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq 10 milliard 663 million soʻm miqdorida mahalliy byudjet mablagʻlari sarflandi. Jumladan, markaziy shifoxonaning shoshilinch yordam va qabul boʻlimlarida 750 million soʻmlik qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi grant mablagʻi yaʼni umumiy qiymati 110 ming dollar qiymatiga teng zamonaviy rentgen apparati bilan jihozlandi. Markaziy poliklinika binosida ham rekonstruksiya ishlari bajarildi. Bu yerda 300 metr uzunlikdagi zamonaviy optik tolali kabel tortilib, 21 dona kompyuter jamlanmasi bilan birga “Elektron poliklinika” tizimiga ulandi. Shuningdek, poliklinikaning “Zirabod” va Abu Ali ibn Sino filiallari eskirgan binolari oʻrniga “Obod mahalla” dasturi doirasida 250 qatnovga moʻljallangan shahar oilaviy poliklinkasi qurilishi davom etayotir.

Tizimda joriy etilgan axborot-komunikatsiya texnologiyalari samarasi qanday boʻldi? Seminar ishtirokchilari guvohi boʻlgan yangilikni tibbiyot birlashmasi rahbari Nasriddin Rabbiyev shunday izohlaydi:

– Teletibbiyot iborasi biz uchun nazariy tushunchadan real tajribaga aylandi, – deydi Nasriddin Rabbiyev. – Shu paytga qadar qabul boʻlimimizga ogʻir ahvolda olib kelingan bemorga dastlabki yordam koʻrsatish yoki shoshilinch yordam boʻlimida muolaja yoxud jarrohlik amaliyotini amalga oshirishda muammoli vaziyat yuzaga kelgandi, albatta, viloyat tegishli ixtisoslashgan davolash muassasalari shifokorlari bilan telefonda bogʻlanib, maslahatlashardik. Oʻta tang vaziyatlarda esa malakali mutaxassislarni yordamga chaqirgan yoki bemorni tez yordam mashinasida Buxoro shahriga joʻnatgan paytlarimiz koʻp boʻlgan. Endilikda esa bunga hojat yoʻq. Yuqoridagi vaziyatlar roʻy berganda, biz viloyat markazidagi tegishli yoʻnalish boʻyicha tajribali hamkasblarimiz bilan onlayn tarzida bogʻlanib, maslahatlashuv hamda konsilium oʻtkazish uchun videokonferensaloqa oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻldik.

Vobkent tumanida 134,6 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularga davlat tomonidan moliyalashtiriladigan 235 oʻrinli markaziy shifoxona va 250 qatnovli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 10 ta qishloq vrachlik punkti tomonidan birlamchi hamda ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Mazkur davolash-profilaktika muassasalari, jumladan, tuman tibbiyot birlashmasi va koʻp tarmoqli markaziy poliklinika tizimidagi maʼmuriyat, markaziy shifoxona, tez tibbiy yordam boʻlimi, 6 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 10 ta qishloq vrachlik punkti binolari rekonstruksiya qilindi. Ularga zamonaviy optik tolali kabellar tortildi. Muassasalar 80 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlandi. Ana shu maqsadlarga koʻzda tutilganidan ancha koʻp, jami 7 milliard 704 million soʻmlik mahalliy byudjet mablagʻlari sarflandi.

Shu tariqa, muassasalarda “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimining ”Elektron poliklinika” va “Teletibbiyot” shaklidagi texnologiyalari joriy etildi.

– Poliklinkamiz tizimi bilan bogʻlangan qator qishloq oilaviy poliklinikasi va qishloq vrachlik punktlarida aholi, jumladan, tibbiy xizmat uchun murojaat qilgan bemorlarga tegishli tibbiyot xaritalari, kasallik tarixi va boshqa zarur maʼlumotlar bazasi yaratildi, – deydi Vobkent tumani koʻptarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Oʻlmas Oripov. – Bu bizga qishloqlardagi birlamchi tibbiy yordam muassasalari laboratoriyalarida qilingan tahlillarni oʻrganish asosida tor ixtisosdagi shifokorlarimiz tomonidan bemorlarni markaziy poliklinikaga kelishiga hojat qoldirmagan holda ularga aniq tashxis qoʻyishda qoʻl keladi. Qishloq oilaviy poliklinikasi va qishloq vrachlik punktlarida ayrim kasalliklar tahlilini olish imkoniyati boʻlmagan holatlarda biz bemorlarni oʻzimizga taklif etib, ularga davolanish uchun malakali tavsiyalar beramiz. Yana bir masala. Shu paytgacha, biz gohida tashxislashda muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bemorlarga viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga yoʻllanma berardik. Bugun esa markaziy poliklinikamiz yuqoridagi muassasalarga onlayn tizimida aloqaga chiqadi. Ular bilan videokonferensaloqa orqali bogʻlanib, rengent va laboratoriya tahlillarini elektron tarzda joʻnatgan holda konsilium oʻtkaziladi hamda tashxis qoʻyiladi. Ha, aytgancha, qishloq aholisi oʻzi yashayotgan hududdagi tibbiyot muassasasidan turib, tuman koʻptarmoqli poliklinikasi yordamidan foydalanishi uchun elektron navbatda turish imkoniyatiga ham ega. Zamonaviy texnologiya, birinchidan, bemorning vaqt va mablagʻ sarflab, uzoq yoʻl bosishi yoxud ancha vaqt navbatda turishiga hojat qoldirmaydi.

Joriy yilning dastlabki choragida Qonunchilik palatasi spikeri rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi, bu borada tizimdagi real ahvolni oʻrganib tahlil qilingan edi. Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimi joriy etilishi munosabati bilan Kogon shahri va Vobkent tumanida oʻtkazilgan tadbirlarda Parlament quyi palatasi vakillarini qatnashishi esa davolash-profilaktika muassasalarida AKTlarni qoʻllash tajribasini keng joriy etish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va ularni hal qilishda hamda ilgʻor tajribalarni ommalashtirishda amaliy yordam koʻrsatilishini anglatadi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Elektron sogʻliqni saqlash” tizimi real tajribaga aylanmoqda