Ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarda elektron tarzda yuborilgan ishonchnomaning qonuniyligi borasida turli tushunmovchilik va xavotir bildirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan respublika hududida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi joriy etilgan.

Joriy yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 47-moddasiga muvofiq, hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtirilishi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida respublika hududlarida hisobvaraq-fakturalar, ishonchnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tovar-transport yukxati elektron shaklda almashinishi sinov tariqasida tajribadan oʻtkazilib, elektron axborot almashish tizimi oʻzining ijobiy natijasini koʻrsata oldi.

Ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarda elektron tarzda yuborilgan ishonchnomaning qonuniyligi borasida turli tushunmovchilik va xavotir bildirilmoqda. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonuni 7-moddasida elektron raqamli imzo bilan qoʻlda oʻzi qoʻygan imzoning bir xil ahamiyatga egaligi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Demak, EHF kabi elektron ishonchnomalar ham sinovdan oʻtkazilgan va toʻlaqonli huquqiy asosga ega boʻlib, ularning qonuniyligi borasidagi xavotirlar mutlaqo oʻrinsiz.

Yana bir muhim jihati, hujjatlar EHF operatorlari orqali rasmiylashtirilgan barcha elektron hujjatlar operatorlarning maʼlumotlar bazasida kamida 5 yil, shuningdek, EHFni markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishi uchun masʼul rouming operatorida 10 yil davomida xavfsiz saqlanadi.

Hozirgi kunda EHF hujjat aylanish tizimida faoliyat olib borayotgan aksariyat operatorlar tomonidan hisobvaraq-fakturalardan tashqari ishonchnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tovar-transport yukxati va boshqa hujjatlarni elektron tarzda shakllantirish imkoniyati ham yaratilgan.

Shu bois, tadbirkorlik subyektlari asossiz xavotir va ishonchsizlikka berilmay, bunday qoʻshimcha qulayliklardan oqilona foydalanishi maqsadga muvofiq.

Zero, mamlakatimizda soliq toʻlovchilarning huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash, ularga yaqin va ishonchli koʻmakchi boʻlish ustuvor maqsadga aylangan.

Nozim TOʻRAYEV,
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi
“Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot
markazi boʻlim boshligʻi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron ishonchnomalar ham qogʻozdagi kabi bir xil qonuniy kuchga ega