BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi jahon mamlakatlarida axborot jamiyati qanchalik taraqqiy etayotganini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ushbu indeks aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbekistonning 193 davlat orasida o‘rni izchil ko‘tarilib, 2022 yilda 69-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, 2024 yilda 63-o‘rinni egalladi. Elektron hukumatning rivojlanish indeksi esa 0,79 ni tashkil etdi. Ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhi (High EGDI)dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatovga “BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi masala ko‘rib chiqildi.  

— Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, xalqaro hamkorlar uchun ochiq, shaffof va samarali muhit yaratish kabi dolzarb masalalar elektron hukumat yaratish borasidagi ishlarimiz bilan bog‘liq, — dedi deputat Baxtiyor Maniyozov. — Bu borada O‘zbekiston Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 730 dan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Portalda foydalanishlar soni o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 33 millionni tashkil etgan. U orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llash imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, davlat idoralari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan jami 73 ta hujjat hamda ma’lumotnomalarni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.  

O‘zbekiston elektron hukumat sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, raqamli inklyuziya, ochiq ma’lumotlar siyosati va fuqarolarning faol ishtiroki kabi sohalarda ayrim muammolar mavjud. Jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislarini joriy etish holati kechikmoqda. Shuningdek, axborot tizimlarini o‘z server qurilmalarida saqlab kelayotgan vazirlik va idoralarning tizimlari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim davlat idoralari tomonidan esa elektron platformalar orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hanuzgacha qog‘oz ko‘rinishida aholidan so‘rab olinmoqda, — dedi deputat.  

Shundan kelib chiqib, majlisda Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlarini yaxshilash, mamlakatda elektron hukumat tizimini yanada samarali tashkil etish, ushbu reytingda TOP-30 talikka kirish, Elektron hukumat sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatovga parlament so‘rovi yuborildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Elektron hukumat”: O‘zbekiston reytingini yaxshilash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?