Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Elektron arxiv” ilmiy-o‘quv laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu laboratoriya O‘zbekistonda arxiv ishini raqamlash, elektron hujjat aylanishi va zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. 

Tadbirda qayd etilganidek, laboratoriyada talabalar va tadqiqotchilar arxivlash, skanerlash, metama’lumotlar bilan ishlash, elektron hujjatlarni saqlash va qayta tiklash kabi amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Laboratoriya zamonaviy kompyuter qurilmalari, mobil stellajlar, skaner uskunalari, server va ma’lumotlar saqlash tizimlari hamda arxivlashga mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minot bilan jihozlangan.

Mazkur tashabbus TATU va “O‘zarxiv” agentligi va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. 

Laboratoriya nafaqat ilmiy maqsadlar, balki ilmiy-tadqiqot ishlari, amaliyotlar va startap loyihalar uchun ham ochiq bo‘ladi.

Tadbirda mazkur laboratoriya arxiv sohasidagi raqamli transformatsiyani jadallashtirishda muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Elektron arxiv” ilmiy-o‘quv laboratoriyasi ishga tushirildi