Bugungi kunda energetika sohasidagi o‘zgarishlar hukumat va jamoatchilik diqqat-markazida. Tizimda har yili quvvatlar oshirilib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi izchil o‘smoqda.

Oxirgi 6 yilda mamlakatda 9605,7 megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi. Bu 1991–2016 yillarda ishlab chiqarilgan 3300 megavattga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘p. 

Bugungi kunda 10 ta viloyatda umumiy quvvati 3 ming 467 megavatt bo‘lgan 14 ta quyosh va 3 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2 ta energiya saqlash tizimi (300 MVt) ham ishga tushirildi. 

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish borasida ham chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari uchun tariflar masalasida takroriy subsidiyalashdan bosqichma-bosqich voz kechish hamda kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 

Shu maqsadda 2024 yil 16 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va aholi uchun elektr energiyasi hamda tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.

Energetika tizimidagi bu kabi islohotlarning amaliy natijalari haqida “Hududiy elektr tarmoqlari” va  “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari mas’ullari  O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

Faxriddin NURALIEV – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari: 

– 2024-2025 yil kuz-qish mavsumi energetiklar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, desak bo‘ladi. Bu, avvalo, sohada olib borilayotgan islohotlar samarasidir. Joriy mavsumda elektr energiyasida uzilishlar va avariya holatlari o‘tgan yillarga nisbatan ancha kam kuzatildi. 

Ushbu natijalarga erishishda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy-hujjatlar asosida elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy mavsumda qariyb 30 ming kilometr uzunlikda elektr tarmog‘i va 10 mingdan ortiq transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Avvalgi yillarda iste’mol hajmi yuqori bo‘lgani sababli cheklovlar kiritilgan edi. Lekin bu yil elektr energiyasi yetarli miqdorda ishlab chiqarilgani tufayli rejali uzilishlar amalga oshirilmadi. Bu borada an’anaviy va muqobil energiya manbalari muhim omil bo‘ldi. 

Shuningdek, past kuchlanishli elektr tarmoqlarida avariya holatlari o‘tgan yillarga nisbatan deyarli 40 foizga kamaydi. Mavjud avariya holatlarini bartaraf etish muddati esa 3-4 soatdan 1-2 soatga tushirildi. 

Bu yil elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash maqsadida yana 30 ming kilometr uzunlikda elektr tarmog‘i va 10 mingdan ortiq transformator punkti mukammal ta’mirlanadi. 

O‘tgan yili “Sag‘bon” podstansiyasida ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan ikkita transformator yangiga almashtirildi.  

Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ilgari Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Vachax qishlog‘ida ham mavjud edi. 2023 yilda yangi transformator o‘rnatildi va qo‘shni qishloqdan elektr tarmog‘i tortilib, aholi to‘liq ushbu manba bilan ta’minlandi. 

2016 yilda past kuchlanishli tarmoqlarning eskirganlik darajasi 60-70 foizni tashkil etgan. Keyingi yillarda sohaga qaratilgan e’tibor natijasida ushbu ko‘rsatkich 40 foizga kamaytirildi. Hozirda elektr ta’minoti sifatini oshirish ishlari izchil davom etmoqda. 

Elektr tarmoqlari muntazam ravishda yangilanishni talab etadi, chunki ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. 2030 yilga qadar elektr ta’minotining to‘liq barqarorligiga erishish rejalashtirilgan. Shu bois, tizimni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ta’minot barqarorligini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Yog‘och tayanch ustunlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu xalqaro tajribada ham mavjud. Mamlakatimizda ham bunday ustunlar ayrim hududlarda saqlanib qolgan. Ilgari ular boshqa kompaniyalardan sotib olinar edi. Hozirda Mahalliylashtirish dasturi doirasida har bir hududda temir-beton ustunlar ishlab chiqaradigan sexlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yog‘och ustunlar bosqichma-bosqich almashtirilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi qarori bilan aholi va iste’molchilar uchun tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Shuningdek, respublikada birinchi bor “ijtimoiy norma” tushunchasi kiritildi. 

Ushbu qaror bilan 2025 yil 1 apreldan boshlab yangi tariflar qo‘llaniladi:

200 kVt/soatgacha – 600 so‘m;

201–1000 kVt/soat – 1000 so‘m;

1001–5000 kVt/soat – 1500 so‘m;

5001–10 000 kVt/soat – 1750 so‘m;

10 000 kVt/soatdan yuqori – 2000 so‘m.

Yangi tariflar bilan elektr energiyasi narxi o‘rtacha 11 foizga oshishi kutilmoqda. 

Nega tariflar oshirilmoqda? Oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlar amalga oshirilyapti. Qisqa muddatda yangi quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu bilan birga, mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish va ularni yangilash talab etiladi. Bu ishlar uchun moliyalashtirish manbalari zarur. 

Oxirgi marta elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi 2019 yilda oshirilgan edi.  Oradan 5 yil o‘tib, 2024 yil 1 maydan tabaqalashtirilgan tarif joriy qilindi. Ilgari ishlab chiqarishdan tortib, ta’minot korxonalarigacha energetika tizimida jiddiy muammolar bor edi. Hatto ayrim hollarda sutkalab elektr energiyasi bo‘lmagan davrlar ham kuzatilgan. 

Masalan, tadbirkor ming so‘mga mahsulot ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, uni 295 so‘mga sotsa, bankrotga uchrashi aniq. Xuddi shu kabi elektr energiyasining tannarxi 900–1000 so‘m bo‘lgan holda, aholiga 295 so‘mdan yetkazilgan. Bu esa davlat byudjetidan katta subsidiya talab qilgan va muayyan muammolarni keltirib chiqargan.

Hozirgi kunda ham davlat 200 kVt/soatgacha elektr energiyasini 450 so‘mdan subsidiyalab bermoqda. Ko‘pchilik “bu subsidiya bekor qilinadimi?” degan savolni beradi.

Energetika sohasi bu qarorni chiqarish uchun ko‘p yillar tayyorgarlik ko‘rgan va bir necha bor takliflar berilgan. Biroq aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bu masala uzoq muddat ortga surib kelingan. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molga yetkazib berishda iqtisodiy muvozanatni ta’minlash zarur. Bu esa energetika sohasini rivojlantirish, uzilishlarni kamaytirish va ta’minot barqarorligini oshirish imkonini beradi.

Jobir RAHMONOV –  “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqarma bosh mutaxassisi: 

– “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, tabiiy gaz bosimi past bo‘lgan hududlar ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi va gaz barqarorligi ta’minlandi. Bugungi kunda bu kabi muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilyapti. Shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va sun’iy intellektning joriy etilishi bu jarayonda amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Masalan, jamiyat tomonidan 2024 yil davomida aholi va ulgurji iste’molchilarga 22 milliard 595 million 60 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Jumladan, aholiga 11 milliard 919 million 780 ming metr kub, ulgurji iste’molchilarga 10 milliard 675 million 280 ming metr kub, xususan, issiqlik ta’minoti korxonalariga 1 million 169 ming metr kub, ijtimoiy soha ob’ektlariga 384 million 397 ming metr kub, avtomobillarga gaz to‘ldirish-kompressor shoxobchalariga 5 milliard 122 million 180 ming metr kub “zangori yoqilg‘i” yetkazilgan.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi qarori bilan 1 maydan iste’molchilar uchun tabiiy gaz narxlari oshirilgan edi.  Albatta, bunday o‘zgarish gazni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish xarajatlariga bog‘liq. Jahon bozori narxlari, valyuta kursi va mavsumiy talab ham narx shakllanishiga ta’sir qiladi. Davlat gaz narxlarini tartibga solishda bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoyani hisobga oladi.

Mazkur qarorga muvofiq, aholi iste’molchilariga gaz hisoblagich orqali yetkazib beriladigan 1 metr kub gaz narxi 2025 yil 1 apreldan boshlab 1000 so‘m, gaz hisoblagich bo‘lmaganda esa ovqat tayyorlash va suv isitish uchun 1800 so‘m qilib belgilangan. 

Gaz hisoblagich orqali 1 metr kub narxi 2024 yil 1 maydan 650 so‘m bo‘lgan, gaz hisoblagich bo‘lmaganda esa 1500 so‘mni tashkil etgan. 

Ma’lumki, so‘nggi besh yil davomida tabiiy gaz narxi o‘zgarmagan edi. Bu esa gaz qazib chiqarish, ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Hozirgi kunda tabiiy gazning o‘sish darajasi 2025 yil 1 aprelda oshadigan narxga nisbatan 35 foizga farq qiladi. Ya’ni, 2024 yil 1 maydan 1 metr kub gaz 650 so‘m bo‘lsa, 2025 yil 1 apreldan 1 metr kub gaz narxi hisoblagichli holda 1000 so‘m etib belgilanmoqda. Bu narxlar o‘rtasidagi taqqosiy farq 35 foizni tashkil etadi. So‘m hisobida bu 350 so‘mga teng. Ushbu ko‘rsatkichlar esa yangi narxning keskin oshmayotganini ko‘rsatadi. 

Aytib o‘tganimdek, biz har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, unga batafsil tushuntirish bergan holda javob qaytarayapmiz. Chunki gazni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molchiga yetkazib berish jarayoni mablag‘ bilan bog‘liq ekani haqida tushunchalar beramiz. Biroq bizning tashkilot gaz narxini belgilamaydi. Bu jarayon bevosita Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 

Shu bilan birga, 2025 yil 1 apreldan boshlab 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi 2000 so‘mni tashkil etadi. 2024 yil 1 maydan amaldagi holatda esa 1600 so‘mdir. 

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ishlab chiqarish tannarxi 850 so‘mga to‘g‘ri keladi. Davlatning qo‘llab-quvvatlayotgani sababli aholiga tannarxidan arzon, 650 so‘m miqdorida sotilmoqda. Bu jarayon bevosita bozor mexanizmiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6m76hIiNaNQ" title="Elektr va gaz uchun yangi tariflar: 1-apreldantoʻlovlar qanchaga oshadi? – Mutaxassislarizoh berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Doniyor Yoqubov, Anvar Ahmedov (video-montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr va gaz uchun yangi tariflar: 1 apreldan to‘lovlar qanchaga oshadi? – Mutaxassislar izoh berdi (+video)