Elektr ta’minotini yaxshilash - asosiy maqsad
FOTOREPORTAJ
«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlariga start berildi.
Ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida, sifatli va mukammal bajarish maqsadida «Beshariq tuman elektr ta’minoti» korxonasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda viloyatdagi barcha shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari boshliqlari, bosh muhandislari, bo‘lim ustalari hamda elektromontyorlar ishtirok etdi.
[gallery-16583]
Tadbir avvalida jamiyat bosh direktori Azizbek Saydaliyev joriy yilda rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari va hududlarda elektr ta’minoti bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bosqichma-bosqich ijobiy hal etish chora-tadbirlari yuzasidan ma’lumot berdi. Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan ta’mirlash jarayonida asosiy e’tibor beriladigan amaliy ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA