Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ayniqsa, davlat korxonalari va tarmoqlarda shaffoflikni ta’minlash, noqonuniy harakatlarning oldini olish maqsadida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Shu nuqtai nazardan, "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada kuchaytirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens  nazorat xizmati boshlig‘i Husniddin Allamurodov quyidagilarni ma’lum qildi:

– Joriy yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’uliyatini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shundan kelib chiqib, yaqinda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy e’tibor ushbu illatning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Shu sababli, yig‘ilishda har bir tashkilot va fuqaro oldida korrupsiyasiz kelajakni bunyod etish vazifasi turgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va uning tarkibiy filial hamda korxonalari xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, ularning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yayotgan omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tizimda mavjud huquqbuzarliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati, shuningdek, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, komplayens nazorat xizmatlarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va yanada jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Sohadagi korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish, xususan, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda shaffof tizim yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Barcha xodimlarga korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish bo‘yicha birgalikda harakat qilish yuzasidan tushuntirishlar va ko‘rsatmalar berildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minoti tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari kuchaytirilmoqda