Elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi
“Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.
“Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.
Ayni yoz mavsumida ular elektr energiyasi ta’minotida favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishga alohida e’tibor qaratgan. Korxonada hududlar bo‘yicha 37 qo‘shimcha tezkor-tiklash brigadasi tuzilib, zarur texnikalar shay holga keltirilgan. Mavjud 25 nimstansiyadagi transformatorlarning moyi to‘ldirilib, yuqori bosim ostidagi elektr uskunalari navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayniqsa, joylardagi bolalar oromgohlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlardan iborat navbatchilik tashkil etilgan.