Shu yilning may oyidan elektr sarfi uchun yangi – differensiallashgan to‘lov tizimi joriy etildi. Elektr to‘lovlari tizimini zamonaviy va iqtisodiy jihatdan isloh qilish borasida ko‘p yillardan beri katta ishlar olib borilgan.

Men bu tizimni tavsiflash, uning ijobiy yoki salbiy tomonlarini izohlashdan yiroqman. Men ko‘tarmoqchi bo‘lgan masala butunlay oldingi tahlillarimdan chetda qolgan, e’tibor berilmagan masalalardan hisoblanib, nafaqat menga, balki minglab boshqa xonadon egalariga ham taalluqli deyish mumkin.

Bizning xonadonda 3 ta oila (jami 13 nafar oila a’zolari) istiqomat qiladi. Uyimizda 2 ta elektr bo‘yicha shaxsiy hisob raqami bor. Elektr iste’mol qiluvchi texnik vositalar ko‘p, 2 ta isitish va 4 ta yoritish tizimlari, oshxona jihozlari, 5 ta havo konditsionerlari va 2 ta issiq suv ta’minoti asosan, elektrga asoslangan. Bundan tashqari 2 ta BYD rusumli elektromobil ham bor. Yangi to‘lov tizimi joriy etilgungacha oylik elektr iste’moli 700-750 ming so‘m atrofida bo‘lib kelgan edi.

Yangi to‘lov tizimiga o‘tilgandan so‘ng iyun oyida 3 mln. so‘mdan ortiq, iyul oyida esa salkam 5 mln. so‘mlik xarajat qilindi. Keyingi to‘lov talablari kelib tushgandan so‘ng xonadonimizdagi barcha elektr iste’moli jihozlari va tizimlarini butun bilimlarim va ilmlarimni ishga solgan holda chuqur va tanqidiy tahlil qilib chiqdim. 

Olingan natijalar meni hayratga   soldi.

Elektr iste’moli barcha jihozlarda rejasiz, “ishlayaptimi – bo‘ldi” qabilida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Achchiq haqiqatni, tahlillarim natijalarini, elektrni isrofgarchiligini quyidagi tartibda izoh qilish maqsadga muvofiq:

Elektr jihozlaridan iste’mol talablariga mutanosib ravishda foydalanyapmizmi?

Uy-ro‘zg‘or elektr apparatlari va qurilmalarining aksariyati muayyan davriylikda, “yonib-o‘chib” ishlaydi. Buni izohi oddiy – belgilangan rejimga yetgandan keyin o‘chadi, ma’lum vaqtdan keyin ko‘rsatgich (parametr) belgilangan darajada pastga tushgandan so‘ng yana ishga tushadi. Bu texnika tilida “Siklik ish koeffitsiyenti” deb yuritiladi va ish vaqtining to‘liq sikl vaqtiga nisbatiga asosida hisoblanadi. Ish sikli ishlagan vaqt va dam olgan vaqt yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, qurilma ish siklida qancha vaqt mobaynida ishlagan bo‘lsa, shuncha vaqt mobaynida dam olsa ish koeffitsiyenti 0,5 bo‘lsa, ish siklining to‘rtdan uch qismi ishlashga, chorak qismi dam olishga ketsa 0,75 bo‘ladi. Agar qurilma to‘xtamasdan ishlayotgan bo‘lsa ish koeffitsiyenti 1 bo‘ladi.

Tahlillar natijasida bizning uydagi konditsionerlarning barchasi (ularning jami soni yuqorida qayd etilgandek 5 ta) to‘xtovsiz rejimda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunga sabab oddiy, ya’ni konditsionerlarning pultidagi harorat ko‘rsatkichi (uyni sovitishdagi yakuniy harorat) juda past qilib quyilgan ekan (bizning uy misolida 16 0S). Ko‘pchilikda “konditsionerning pultidagi harorat qancha past bo‘lsa, xonani shuncha yaxshi sovitadi” degan tushuncha bor. Bu mutlaqo xato!  Pultda 16 0S begilanganligi, sovitilayotgan xona harorati shu ko‘rsatkichga yetmaguncha konditsioner to‘xtovsiz ishlashini bildiradi. Holbuki, tashqi havo harorati 40 darajada bo‘lgan paytda xona ichidagi 16 darajaga erishish uchun konditsionerning quvvati normal quvvatdan kamida 1,5-2 baravar katta bo‘lishi lozim bo‘ladi. Normal rejimga hisoblangan konditsioner esa unga katta yuklama rejimi belgilangan bo‘lsa uzluksiz ishlaydi. Inson o‘zini normal sharoitda his etishi uchun havoning harorati 23-25 daraja bo‘lishi kerak. Agar shu rejimga konditsioner moslangan bo‘lsa u holda u to‘xtab, dam olib ishlaydi. Bizning uy misolida olsak, har kuni 12 soat yoqib qo‘yiladigan5 ta konditsioner esa oyiga 3024 kVt sarflaydi. Optimal rejimga qo‘yib ishlaganda esa oylik energiya sarfi 1512 kVt.ni tashkil etarkan. Agar bu konditsionerlarning hammasi baravar yoqib qo‘yilmay, faqat zarurat bo‘lgani ishlatilsa, bu ko‘rsatkich oyiga 850 kVt.ni tashkil etarkan.

Konditsionerlar bilan bog‘liq yana bir holat: barcha konditsionerlarimizning sovitilayotgan xonadan chiqarib qo‘yilgan suv kondensati shlanglarini yerga yoki suv tarnovi ichiga tushirib qo‘yilganligi. Bu yerda ham texnologiya qo‘pol ravishda buzilgan. Qoidaga ko‘ra sovitish blokidan (ispariteldan) chiqadigan suv kondensati shlangi konditsionerning ventilyatorli agregat ichiga tushirib qo‘yilishi kerak. Shunda bu suv ventilyator bilan sovitilayotgan blokning (radiatorning) yuzalarini ho‘llab turadi. Sovitish texnologiyasidan ma’lumki, agar sovitish blokining (texnika tilida “kondensator”) sovitilayotgan yuzasining harorati 1 0S ko‘tarilsa, uning ish samaradorligi 4 foizga pasayib, elektr sarfi 2,5  foizga ortadi. Biz bu yuzani qo‘shimcha ravishda 5-6 darajaga pasaytirishga erishib, ish samaradorligini 20 foizdan ortiq oshirib, elektr sarfini 15 foizga kamaytirar ekanmiz. Natijada konditsionerlarning jami elektr sarfi 725 kVt.ni tashkil etarkan. 

Demak, shu kungacha bizning xonadonda konditsionerlar muqobil rejimdan chetlashgan holda 2300 kVt (uch yarim baravar ko‘p!) energiya sarflayotgan ekan.

Shu bahonada yana bir odatga, ya’ni xonaning eshigini ochib qo‘yib, konditsionerni ishlatishga barham berildi. Bu go‘yoki xonaning havosida tashqi havoning aralashib turishiga va uydagi havo toza bo‘lishiga yordam berar ekan... Buning natijasida esa tejalgan elektr energiyasi faqat konditsionerlar kesimida 2500 kVt.dan ortiq bo‘lishini ko‘rsatdi. 

Keyingi tahlil ob’ekti – issiq suv ta’minoti. Bizning xonadonda 2 ta 100 l. hajmli “Ariston” apparatlaridan foydalaniladi. Uning suvni isitish darajasi 95 darajaga sozlangan ekan. Demak, bu apparatlar ham xuddi yuqorida qayd etilgan kabi katta yuklama rejimida ishlaydi. Men uning sozlangan harorat darajasini 70 darajaga tushirib qo‘ydim. Uning siklik ish koeffitsiyenti 0,2 ga tushdi. Energiya sarfi 4 baravar kamayib, oylik elektr sarfi 1200 kVt.dan 420 kVt.ga pasaydi, ya’ni bunda tejalgan energiya 780 kVt.ni tashkil etdi.

Navbatdagi tahlillar yoritish chiroqlari bo‘ldi. Xonadonimizda barcha elektr chiroqlari tejamkor turda. Yuzaki qaraganda bu yo‘nalishda tejaydigan hech narsa yo‘qday. Lekin yanglishgan ekanmiz. Men uylarimizni barcha xonalaridagi yoritilganlik darajasini o‘lchab chiqdim. Xalqaro qabul qilingan standartlarga muvofiq yashash xonalarida yoritilganlik darajasi 300-350 lk. etib belgilangan (lk – “lyuks” yoritilganlik darajasini o‘lchash birligi). Yoritilganlik darajasining belgilangandan pastga tushib ketishi ko‘zga yuklama keltirib chiqarsa, haddan ziyod oshib ketishi inson nerv tizimiga salbiy ta’sir etib, bosh og‘rig‘i va diskomfortni keltirib chiqaradi. O‘lchashlar xonadonimizdagi yoritilganlik darajalari 2 ta xonada normadan 2,5 baravar, 3 ta xonada 2 baravar, bitta xonada esa 3,5 baravar yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Ortiqcha chiroqlarni tarmoqdan uzib qo‘yish, hovlidagi yoritish chiroqlariga odam yaqinlashganda ishga tushib, 5 minutdan keyin o‘zi avtomatik ravishda o‘chadigan rele-avtomat qo‘yish natijasida yoritish tizimiga sarflanayotgan oylik elektr hajmi 270 kVt.dan 90 kVt.ga tushirildi va aynan shu borada tejalgan energiya 180 kVt.ni tashkil etdi.

Yana bir holat: oddiy choy qaynatgich – тефаlniнг energiya sarfini ko‘rsak. Odatda eng ko‘p foydalaniladigan tefalning ko‘rsatkichlari: suv xajmi 1,8-2 l., quvvati 2,2 kVt. Choy qaynatish vaqti 5-6 minut. Kuniga 3 oila tomonidan 12 marta yoqib ishlatiladi. Oylik energiya sarfi 60 kVt.ni tashkil etadi. Lekin biz odam sonidan qat’iy nazar tefalni to‘ldirib choy qo‘yamiz. Agar tefalga keragicha suv solib qaynatilsa, tefalning ustiga qalin materialdan qilingan yoping‘ich ishlatilsa, oylik energiya sarfi 25 kVt.ga pasayar ekan. 

Yana bir hech kim e’tibor bermaydigan apparat – avtomat kir yuvish mashinasi. Uy bekalari uchun bebaho qurilma.

Ichiga yuviladigan kiyimlar solib, apparat yoqib qo‘yiladi. Hamma ishlar sikli: suv solish, suvni isitish, kir yuvish poroshogini eritmasini quyish, yuvish, chayish va suvni silqitib chiqarish ishlari apparatning boshqaruv tizimi tomonidan nazorat qilinadi va amalga oshiriladi. Yosh bolalar xonadonimizda ko‘pligi sababli ushbu apparat kuniga o‘rtacha 3-4 marta ishlatiladi.Tekshiruv natijasida apparatdagi bir to‘plam yuviladigan kiyimlarning to‘liq sikli 90 minutga sozlanganligini ko‘rsatdi. Hozirgi zamon avtomatik kir yuvish poroshoklari uchun 1,5 soat yuvishning nima zarurati bor, axir 15 minut yetarliku. Qolgan jarayonlarga yana 15 minut ketsin. To‘liq sikl uchun jami 30 minut kifoya. Ushbu optimallashtirish natijasida faqat birgina avtomatik kir yuvish mashinasidagi elektr sarfi oyiga 320 kVt.dan 110 kVt.ga, ya’ni qariyb 3 baravar kamaytirildi.

Aynan shu guruhda ko‘rib chiqilgan elektr jihozlaridan iste’mol talablariga mutanosib ravishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali 3506 kVt elektr energiyasini tejash imkoni yaratildi. 

Lekin bir muammoni hal etib bo‘lmadi: uyimizdagi 2 ta BYD rusumli avtomobillarni zaryadkasi masalasi. Bu 2 avtomobil har 5-6 kunda zaryadkaga qo‘yiladi. To‘liq zaryadka har biri uchun taxminan 80 kVt.ni, bir oyda har ikkisiga jami 800 kVt.ni tashkil etarkan. Buni kamaytirish iloji yo‘qdek tuyuldi. Lekin, yechimi topildi. Bu quyida batafsil yoritib berilmoqda.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning samaralari

Nima uchun faqat ko‘chadan keladigan energiyaga qarab qolishimiz kerak! Axir turli shahar va davlatlarning iqlimi to‘g‘risida ma’lumotlar jamlab boruvchi “Climate Data” portalining ma’lumotlariga ko‘ra yurtimizdagi quyoshli kunlar yiliga o‘rtacha 247 kunni, quyoshli soatlar 3633,4 soatni tashkil etar ekan. Bu degani, agar uyga 10 kVt nominalga ega bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilsa, ularning o‘rtacha samaradorligi 80 foiz bo‘lgan holdayam ishlab chiqargan elektr energiyasi yiliga 29 ming kVt.ni tashkil etarkan. Buni subsidiya puliga chaqsak 29 mln. so‘m bo‘ladi. Uzog‘i 3 yilda quyosh panellari o‘z xarajatini qoplab, undan keyingi davrda sof daromadga ishlaydi. Quyoshli o‘lkada yashab turib, nega undan samarali foydalanmas ekanmiz!

Respublikamizda so‘nggi yillarda “yashil energetika” – ya’ni tabiiy energiya resurslaridan foydalanishga e’tibor misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi. Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha qator davlat dasturlari, rejalar qabul qilindi. Yangi tipdagi geliostansiyalar ishga tushirilmoqda. Tashkilotlarning aksariyatida quyosh panellari o‘rnatilib, olinayotgan energiya miqdori 25-30 foizga yetkazildi. 

Lekin xonadonlarda ushbu masalaga e’tibor hali yetarli darajada deya olmaymiz. 

Meni o‘zim ham bu yo‘nalish bo‘yicha sohamiz tizimidagi tashkilotlarda keng targ‘ibot ishlarini olib borgan bo‘lsamda, texnika fanlari doktori, 200 ga yaqin ilmiy nashrlar, o‘nlab risolalar va kashfiyotlar muallifi bo‘la turib, o‘z xonadonlarimizga ham bu tizimlarni o‘rnatish masalasiga ochiq gap, yetarli e’tibor qaratmagan ekanman. 

Muhtaram yurtboshimiz tashkilotlarda zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha quyidagi fikrni bildirgan edilar: “Agar rahbar zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni o‘zi orqali o‘tkazib, to‘laqonli his etsagina o‘zi rahbarlik qilayotgan tizim yoki tashkilotga mana shu zamonaviy texnologiyalarni keng va samarali joriy etishga erishishi mumkin”... Bu gaplarni qanchalik haqiqat ekanligini o‘z misolimda ko‘rib, amin bo‘ldim.

Yuqorida qayd etilgan muammolar meni masalaga yanada kengroq qarashga, chuqurroq va ilmiy yondashishga undadi – xonadonimizga quyosh panellarini o‘rnatishga ahd qildim. 

Batafsil hisob-kitoblardan, shuningdek, xonadonimizda elektr iste’moli katta ekanligidan kelib chiqib, qo‘shimcha rezervni inobatga olib, 15 kVt. quvvatdagi “Ongrid” tizimidagi, ya’ni kunduzi ishlaydigan texnologiyadagi quyosh panellari tizimini o‘rnatish loyihasiga buyurtma berdim. Tegishli kompaniya bilan 110 mln. so‘mlik shartnoma qilindi. Masalani tezda hal etish uchun Xalq bankining yangi onlayn (internet orqali, bankka borib o‘tirmay) loyihasidan foydalanib, 2 soat ichida bir yillik davrga mo‘ljallangan 100 mln. so‘mlik zayom oldim. Shu kunning o‘zida to‘lovlar amalga oshirilib, ertasi kundan ishlar boshlandi va 3 kun ichida quyosh panellari ishga tushirildi. 3 kun ichida loyiha shahar elektr tarmoqlari orqali o‘tkazilib, davlatdan subsidiya olish dalolatnomasi tuzildi. Endi nafaqat o‘z uyimizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanish, balki ortiqchasini tarmoqqa sotish imkoniyatiga ham ega bo‘lindi.

Kuzatuvlar o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan energiya bir oyda 3620 kVt.ni, tarmoqqa sotilgani 1320 kVt.ni tashkil etayotganini ko‘rsatdi. Bu esa bir oyda qariyb 2300 kVt elektr o‘z uyimizdagi manbadan olinganidan, bundan tashqari tarmoqqa 1,3 mln. so‘mlik hajmda elektr sotilganidan dalolat. Demak, quyosh panellarini o‘rnatish xarajatlari uzog‘i 2,5 yilda to‘liq qoplanishini tushunish qiyin emas.

Agar asosiy elektr iste’mol qiluvchi qurilmalar quyosh paneli tarmog‘iga ulansa, oylik to‘lovlarimiz nafaqat oldingi 700 ming so‘m, balki undan ham pastroq darajaga tushirilishi mumkin ekan. 

5 mln. so‘mlik to‘lovdan 700 ming so‘mgacha tushish, bu tom ma’noda juda e’tiborli, salmoqli natija deb hisoblayman.

Aksariyat turar-joy uylarining tomlari bo‘sh turibdi. Agar bu bo‘sh yuzalarga quyosh panellari o‘rnatilib, uy-ro‘zg‘or uchun, oila byudjeti uchun ishlanadigan qilinsa, ortiqcha ishlangan elektr energiyasi tarmoqqa berish orqali qo‘shimcha tushum bera boshlaydi. Masalan, o‘rtacha tom yuzasi 100 m2 bo‘lgan joyda 18-20 kVt energiya beruvchi panellarni o‘rnatish mumkin. Ulardan olinadigan subsidiya o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmaydi. Bunda uyimiz tomiga tushayotgan va bekor sarflanayotgan quyosh energiyasi oila uchun ishlashga yo‘naltiriladi. 

Analitik hisoblarga ko‘ra, 1 kVt. elektr energiyasini olish uchun salkam 3-3,5 kub metr gaz yoqiladi. Respublikamizda 8 mln.dan ortiq turar-joylar bor. Shulardan 1 mln. xonadonda har oyda bizning uydagi kabi 3000 emas, 300 kvt. elektr isrofining oldi olinsa, bu bir yilda 3,5 mlrd. kVt. yoki 10 mlrd. kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga, uni sanoatga va ishlab chiqarishga yo‘naltirishga imkon beradi. 

Differensiallashgan to‘lov tizimi barcha xonadon egalarini, oila a’zolarini bir yondashuvga, elektr energiyasidan o‘rinli, samarali va oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga undaydi. Joiz bo‘lsa, majburlaydi, shu borada o‘ziga xos uslubda tarbiyalaydi. 

Abdushukur Abdullayev,
Texnika fanlari doktori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr sarf-xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirishga undovchi to‘lov tizimining tarbiyaviy ahamiyati yoxud havoga sochib yuborilayotgan mablag‘lar