“O‘zbekenergota’mir” AJ yurtimiz energetika sektorida muhim ahamiyatga ega korxonalardan hisoblanadi. Korxona issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlarini qishki mavsumga tayyorlash, energoob’ektlarning barqaror faoliyatini ta’minlashga oid yirik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda sohani liberallashtirish, erkin bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilayotgan e’tibor natijasida xorijiy investorlar bilan bir birga, mahalliy, raqobatbardosh investor kompaniyalar ham kirib kelmoqda.

“O‘zbekenergota’mir” AJ ana shunday korxonalardan biridir. Ushbu korxona qisqa vaqt ichida jahondagi yirik energetika kompaniyalarini jalb qilgan holda o‘quv amaliyotlari, tajriba almashish kurslari natijasida yuqori malakali mahalliy mutaxassislar guruhini shakllantirishga erishdi. Bugun korxona tarkibidagi 2 ming 500ga yaqin texnik mutaxassislar elektr stansiyalarning barqaror faoliyat yuritishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yillarda kuz-qish mavsumi energetika sohasi uchun murakkab kechgan. Ayrim nuqtalarda ma’nan eskirgan qurilmalar pand bergan bo‘lsa, ayrim joylarda elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish, yoqilg‘i-resurslarning yetishmasligi kutilmagan vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev  vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda 2022 yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyati bilan tanishish jarayonida aholini energiya resurslari bilan ta’minlashda aniqlangan muammolardan kelib chiqib, bir qator qaror va ustuvor vazifalar belgilab berdi.

Ushbu chora-tadbirlar bugun sohani rivojlantirishga zamin yaratmoqda. “O‘zbekenergota’mir” AJ ham mazkur ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.  Jumladan, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan rejaga asosan korxona tomonidan issiqlik elektr stansiyalaridagi jami 55 ta energoqurilma, jumladan, 14 ta energoblok, 19 ta qozon qurilmasi, 9 ta bug‘-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasi mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlandi.

Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan kamchiliklardan kelib chiqib, rejadan tashqari 16 ta asosiy va yordamchi qurilmalarda kengaytirilgan ta’mirlash ishlari bajarildi.

Poytaxt aholisini kafolatlangan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Toshkent issiqlik markazi” MCHJni ham mavsumga puxta tayyorlash va uni modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekenergota’mir” AJ tomonidan Toshkent issiqlik markazlarida katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Shayxontohur tumanidagi “G‘arbiy” 3-sonli va Uchtepa tumanidagi “Chilonzor” 5-sonli issiqlik markazlarida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.  

Issiqlik markazlarining har birida 2 tadan qozon rekonstruksiya qilinib, an’anaviy yoqilg‘i bo‘lgan tabiiy gaz bilan bir qatorda mazut yoqishga moslashtirildi. E’tiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham mazut yoqish evaziga iste’molchilarni 108 darajagacha issiq suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Ma’lumot uchun, avvallari bu ko‘rsatkich 36-38 darajadan oshmagan.

“O‘zbekenergota’mir” AJ tomonidan kelgusida ham mazkur yo‘nalishdagi modernizatsiya ishlarini yuqori sur’atlarda va tizimli davom ettirilishi belgilangan.

Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, ikki mamlakat ishbilarmonlarini jamlagan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina shartnomalar imzolandi.

Jumladan, “China National Technical Import and Export Corporation” (CNTIC) kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi va poytaxt iqtisodiyot tarmog‘i korxonalari uchun qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi. Poytaxtimiz iste’molchilarining elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 4-issiqlik markazida, shuningdek,

Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida yangi, zamonaviy va energosamarador kogeneratsion quvvatlar joriy etiladi.  

Ta’kidlash lozimki, “O‘zbekenergota’mir” AJ bugun yurtimizning energetika tarmog‘ida yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. AQSHning “General Electric Global Parts and Products GmbH” korporatsiyasi bilan hamkorlikda elektr stansiyalaridagi amaldagi energobloklarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.  

Xitoyning “State Grid” korporatsiyasi tarkibidagi “China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan elektr stansiyalardagi yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarini qurish va modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar qurib foydalanishga topshirish ishlarini olib borish belgilangan. Buning natijasida O‘zbekistondagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tizimiga zamonaviy, shu bilan birga,  raqamli texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati vujudga keladi.  

Bugungi kunda mazkur korxona yurtimizdagi elektr stansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi yuqori samarador va zamonaviy energoqurilmalarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ham amalga oshirmoqda.  

Muxtasar aytganda, “O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr stansiyalarida tunu kun, sutkasiga 24 soat navbatchilik asosida faoliyat olib bormoqda. Asosiy maqsad esa elektr ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash va kutilmagan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdir.  

Nasiba Ziyodullayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash va kutilmagan favqulodda vaziyatlarning oldini olish – asosiy vazifa