Prezident tashrifidan so‘ng

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida so‘nggi besh yilda yurtimizda aholi xonadonlari, ishlab chiqarish korxonalari soni ortib borayotganligi natijasida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham elektr energiyasiga talab 40 foizga ko‘payganligini ta’kidlagan edi. 

Davlatimiz rahbari yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish, quyosh, shamoldan elektr energiyasi olishga qaratilgan loyihalarni hamda gidroelektr stansiyalarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar bergandi. 

Ana shu topshiriqlardan kelib chiqib, ayni kunda Andijon viloyatida umumiy qiymati 30 million AQSH dollariga teng loyihalar doirasida jami quvvati 200 MVt bo‘lgan 30 ta mikro gidroelektr stansiya qurish, foydalanishga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qurilish ishlari yurtimiz tadbirkorlari hamda xorijiy investorlar tomonidan olib borilmoqda. 

[gallery-20574]

Joriy yilning o‘tgan davrida umumiy quvvati 2 MVt bo‘lgan 6 ta gidroelektr stansiya ishga tushirildi. 

Ishga tushirilgan gidroelektr stansiyalar bugungi kunda hududlardagi yuzlab xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda. 

Joriy yil oxiriga qadar yana ikkita mikro GES – Marhamat tumanidagi Rohat mahallasidan “Marhamat gidroenergiya” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan quvvati 4,5 MVt, shuningdek, Izboskan tumanida “Vodiy Gidro Energiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan quvvati 3,2 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi. 

Viloyatda mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish, ya’ni yangi gidroelektr stansiyalar qurish, mavjud, lekin uzoq yillardan buyon ishlamay turgan mini GESlarni ishga tushirish orqali aholini elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlar reja asosida davom etmoqda. 

Belgilangan loyihalar doirasida mini GESlarni to‘la ishga tushirish hisobiga Andijon viloyati ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasining 20 foizi aynan mazkur mini GESlar tomonidan ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasining 20 foizi mini GESlar tomonidan ishlab chiqariladi