FOTOREPORTAJ

Kuz va qish mavsumida boshqa kommunal xizmatlar qatori aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ana shunday mas’uliyatli pallada iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirishda sifatli xizmat ko‘rsatilishi muhim shartlar sirasidandir. Mavsumga tayyorgarlik ishlari “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan hududiy filialida ham rejali tarzda olib borildi.

Mavsumga tayyorgarlik doirasida 6267,3 kilometr tarmoq va 2893 ta transformator punktida mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Bundan tashqari 765 ta transformatorda yuklamalar teng taqsimlandi, 12 tasi yuklama markaziga ko‘chirildi. Ichki imkoniyatdan kelib chiqib, 29 ta qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatildi va 31 ta kichik quvvatli transformator katta quvvatlisiga almashtirildi hamda 44 tasi homiylik asosida qurildi. 

[gallery-25668]

Past kuchlanishli qurilmalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha 418,9 kilometr tarmoq 200 ta transformator punktini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgani holda, amalda 850,6 kilometr tarmoq va 200 ta transformator punktini qurish ishlari amalga oshirildi. Tejamkorlikka ahamiyat berilib, iste’mol quvvati 50 kVAdan yuqori bo‘lgan 200 nafar iste’molchining ob’ektida reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi kondensator batareyalari o‘rnatildi. 

Hotam MAMADALIEV  (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi yetkazib berishning sifati yaxshilandi