Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yaxshilash, dasturlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali, uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

– Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida joylarda keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rahbari Xurshidbek Yuldashev. 

– Natijada elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilmoqda. Shu kunlarda Andijon shahrining “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Samarqand, Muhitdinov ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida “PS "Andijon" tok taqsimlash inshooti hamda "Islomobod" transformator punkti oralig‘iga 6 kVt kuchlanishdagi yangi havo tarmog‘i tortilmoqda. 

Shuningdek, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida Andijon shahrining Ishchilar mahallasidagi transformator punkti ta’mirlanib, SIP kabeli tortish ishlari amalga oshirildi. Ayni kunda viloyatning barcha tuman va shaharlarida bu boradagi ishlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Umuman, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ko‘plab mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda