Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda
“Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu borada odamlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan muammolarning oldini olish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
- Joriy yilda 4259 kilometr havo elektr uzatish tarmoqlari, 55 dona podstansiya hamda 1164 transformator punktlarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan, – deydi “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot kotibi Timur Baybikov.
— Viloyat hududidagi 0,4-10-35 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tegib turgan daraxt shoxlaridan tozalanmoqda va ushbu tarmoqlarda defekt izolyatorlar almashtirilmoqda, tayanchlar oralig‘idagi salqi simlar tortilib, tartibga keltirilmoqda. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda elektr xo‘jaliklarini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirishga, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
[gallery-1494]
bugungi kunda yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyati markazi ham ulkan bunyodkorlik va qurilish maydoniga aylangan. Turar joylarning, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarning ko‘payishi, tabiiyki, elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ham kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan korxona tomonidan Navoiy shahrida 10 ga yaqin aholi yashash punktida 29 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 dona transformator punktini modernizatsiyalash va yangidan qurish ishlariga kirishilgan.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA