Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda barcha turdagi iste’molchilarni sifatli hamda barqaror elektr-energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu mas’uliyatli vazifani bajarishda joylardagi nimstansiyalarning o‘rni beqiyos.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qiymati 5,2 milliard so‘mga teng, quvvati 25000 kVA bo‘lgan yangi zamonaviy kuch transformatori olib kelindi.

Farg‘ona shahrining 14 dan ortiq, Farg‘ona tumanining 2 ta mahallasi hududi, Farg‘ona shahrida tashkil etilgan «Ko‘prik xo‘jaligi» hududidagi kichik sanoat zonasi, bundan tashqari, 200 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarini elektr-energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kVli 1991 yilda qurilgan «Oybek» podstansiyasidagi yuqori yuklamada ishlayotgan 16000 kVA bo‘lgan transformatori yangisiga almashtiriladi. 30 yildan buyon xizmat ko‘rsatib kelayotgan kuch transformatorining yangi quvvatdagisiga almashtirilishi natijasida nimstansiyaning samaradorligi yaxshilanib, qo‘shimcha 9000 kVA quvvatga ortishiga erishiladi.

Loyiha yakunlangach aholini elektr energiya bilan ta’minlash, kichik sanoat zonalarida istiqbolda yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ko‘payishi, ishlab chiqarish mahsulotlari ortishiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, Farg‘ona shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga katta zamin yaratiladi.  

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi