Mamlakatimiz energetika sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa fursat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan qator farmon, qarorlari asosida tizim faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilib, yangicha tus olmoqda.

Energetika xavfsizligini ta’minlash, yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishi, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish va iste’molchilarning hududiy elektr tarmoqlaridan keng foydalanishini ta’minlash hamda energiya hosil qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiyalash,  rivojlantirish jarayonlariga investitsiyalar jalb qilish va mexanizmlarini joriy etish kabi vazifalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir.

Prezidentimizning 2019 yilning 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish,  energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish, ularning ulushini 2030 yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga etkazish belgilab berilgan.  Hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich 10-12 foizni tashkil etadi. Belgilangan muddatda ko‘zlangan natijaga erishish uchun esa Energetika vazirligi qayta tiklanadigan energiya manbalariga bog‘liq yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish choralarini ishlab chiqib, amaliy chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy etish  – ehtiyoj uchun muhim

Shu bilan birga,  energetika sohasida bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lida muvaffaqiyatli odimlardan biri davlat-xususiy sheriklik asosida energiya, shu jumladan, QTEM ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishdir. Bugun ushbu model jamiki qurilayotgan va rejalashtirilgan elektr stansiyalar uchun asosga aylandi. Shunday qilib, yangi elektr stansiyalarni, xususan, issiqlik, quyosh fotoelektr, shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish ko‘p jihatdan mamlakat energetika sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlariga misol bo‘la oladi.  

Bugungi kunda Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki,  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng yaxshi xalqaro tajribani o‘zlashtirish va tenderlar o‘tkazish uchun texnik yordam ko‘rsatmoqda. Tender g‘olibi yangi elektr stansiyani loyihalash, qurish va ishlatish uchun mas’ul hisoblanadi. Korxonalar bilan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish yuzasidan 20-25 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli bitim tuziladi. Elektr energiya uchun foydali narx taklifi tenderda g‘olib bo‘lish uchun asosiy mezon qilib olingan. Ammo o‘z taklifini berishdan oldin tender qatnashchilari malakali saralash bosqichidan o‘tishlari lozim.  Bundan ko‘zlangan maqsad ularning yuksak tajribasini, mablag‘lari mavjudligini, bunday loyihalarni amalga oshirish va ta’minlashga qodirligini isbotlashi lozim. Buning natijasida O‘zbekiston energetika sohasi so‘nggi 3 yil davomida jadal joriy qilinayotgan bozor tamoyillari bu sohada sog‘lom raqobat yaratishga imkon beradi, elektr energiya mustaqil ishlab chiqaruvchilarining manfaatdorligi esa buning isbotidir.

O‘z navbatida, elektr energiya xaridi bo‘yicha jami 17 ta bitim imzolangan, bu esa energetika sohasi uchun raqobat muhitini yaratish borasida muhim bosqichlardan biridir. Elektr energiyani mustaqil ishlab chiqaruvchilar qatorida “TOTAL EREN CA” (Fransiya), “ABU DHABI FUTURE ENERGIY COMPANY” (BAA), “ACWA POWER” (Saudiya Arabistoni) kabi kompaniyalar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida Loyiha markazi tashkil qilingan va u xalqaro moliya tashkilotlari bilan ham ish yuritadi. Markazga turli mamlakatlarning energetika sohalarini isloh qilish asnosida katta tajriba to‘plagan xalqaro ekspertlar jalb etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish masalasi bugun kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda energiya iste’molining qariyb 23 foizi uy-joy sohasiga to‘g‘ri kelsa, O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkichlar 40 foizni tashkil qilmoqda. Xususan, Yevropada 1 kvadrat metr uchun energiya sarfi yiliga 120, 150 kilovatt soatni tashkil qilsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 390 kilovatt soatdan oshmoqda. Energiya samaradorligini oshirishga doir ishlarni olib borish jarayonida 2020 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish evaziga 1352,4 mln. kub metr tabiiy gaz, 917,5 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejashga erishildi.

 2025 yilga qadar energiya tizimi quvvatini 25,6 GVtga yetkazish nazarda tutilgan. Unda  issiqlik elektr stansiyalari 18,8 GVt, gidroelektr stansiyalar – 2,5 GVt ni ta’minlab, quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati esa 4,3 GVt ga yetadi. Eskirgan qurilmalar birma-bir foydalanishdan chiqarish rejalatirilgan. 2030 yilga borib umumiy ishlab chiqarish quvvati 29 200 MVt ni tashkil etadi. Bu esa bugungi ko‘rsatkichlarga qaraganda 2 barobar ko‘pdir. Natijada 2030 yilda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 120,1 milliard kilovatt soatni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar natijasi o‘laroq, 2025 yilga borib mamlakat energetika tizimining quvvatini 25 600 MVtga, 2030 yilda esa 29 200 MVt ga yetkazish vazifasi belgilab quyilgan. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha joriy qilinayotgan loyihalar mamlakat energetika sohasi oldida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Nima uchun tez-tez elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda?

Elektr energiyasini iste’molini uzluksiz ta’minlashda bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning asosiy sababi havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste’molining keskin ortib ketishi tufayli yuzaga keladi.  Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi. Buning sababi shundaki, har qanday energiya tizimida uning barqaror ishlashi uchun har qanday vaqtda iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya muvozanati ta’minlanishi muhim. Ushbu jarayon iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz yetkazib berish va energiya tizimining muammosiz ishlashini ta’minlash nuqtai nazaridan juda muhimdir.  

Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi (yozda jazirama issiq mavsumidagi yoki qahraton qish mavsumidagi sovuq ob-havoda) kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya balansini ta’minlash juda qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda. Bunda katta avariyalarni va butun mamlakatda iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotidan uzilishini oldini olish uchun elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar joriy etilishiga majburan olib keladi.  Dispetcherlik markazi tomonidan energetika tizimda muvozanat saqlash jarayoni o‘z vaqtida ta’minlamasa,  tizimdagi “zo‘riqish” turli yirik avariyalarga sabab bo‘lib,  katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya bo‘lmasligiga olib keladi. Energiya balansini ta’minlash mumkin bo‘lmagan holatlarda,  hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik boshqarmasi iste’molchilarning bir qismini reja jadvaliga muvofiq cheklovlar o‘rnatishga majbur bo‘ladi. Ushbu grafiklar,  qoida tariqasida,  past kuchlanishli (0,4 kv, 6-10 kv) taqsimlash elektr tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Bu harakatlar mamlakat energetika tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan. Bu esa elektr energiyasini kechayu kunduz muntazam ravishda monitoring qilib borish va dispetcher nazoratining o‘z vaqtida javob berish imkonini beradi.

Elektr energiya tizimi – elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlari orqali transportirovka qilish,  elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari va iste’molchilarni o‘z ichiga olgan murakkab tuzilma hisoblanadi. Elektr energetikasining boshqa ishlab chiqarish soha va yo‘nalishlardan farqi hamda o‘ziga xos xususiyati shundaki,  elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish bir paytning o‘zida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yagona texnologik jarayon bo‘lib, har lahzada ular o‘rtasida tenglik, muvozanat o‘rnatish nihoyatda muhim vazifa hisoblanadi.

Shuningdek, Elektr energiya tizimidagi tur xil noqonuniy ulanish kabi holatlar natijasida otiqcha kuchlanish hamda transformatorlarga katta kuchlanishlar natijasida avariyalar yuzaga kelishini ko‘rishimiz mumkin. Bunga nisbatan qonunchilikda javobgarlik masalasi belgilab quyilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi d) va e) banlari, 1852, 2782-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 61, 100, 101 va 102-moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.

Bunday hollarda jiddiy tizimli avariyalarning oldini olish uchun energiya tizimini rivojlantirish,  uning energiya samaradorligini oshirish va tizimni energiya resurslari bilan ta’minlash sharoitlarini yaxshilash zarur.  

Elektr energiyasi iste’molining uzluksizligini ta’minlash mumkin. Xo‘sh,  qanday yechimlar bor?

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 97 foizi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili elektr energetika tizimidagi mavjud korxonalar tomonidan iste’molchilarga jami 57 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bugungi kunda bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 60 milliard kilovatt-soatdan ortiq bo‘lib, ishlab chiqarish o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridagiga nisbatan qariyb 10 milliard kilovatt-soatga ko‘paygan. Aholi turmush darajasining o‘sishi, turli zamonaviy maishiy elektr jihozlarining turmushda foydalanish ko‘lami kengayayotgani bois, elektrga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston quyoshli o‘lka. Bu “yashil energetika” sohasini rivojlantirishda keng yo‘l ochadi. Qolaversa, elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, yangilarini o‘rnatish,  magistral va taqsimlash elektr uzatish liniyalari rekonstruksiya qilish ta’minotdagi uzluksizlikni ta’minlashda asosiy yechim hisoblanadi.  

Yana bir muhim jihat borki, bu iste’molchilarning ushbu manbadan foydalanish madaniyatini oshirish  va bu borada tizimli ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.  

Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda. Elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, magistral va taqsimlash elektr uzatish liniyalari rekonstruksiya qilinmoqda. Xususan, poytaxtimizdagi  Uchtepa tumanini ko‘radigan bo‘lsak, tuman elektr ta’minoti korxonasi tasarrufida 62 ming 638 nafar aholiga va 2043 dan ziyod yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi 428 ta transformator stansiyasi, 274 km. uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlari, 10-6-04 kVt 543 km kabel liniyalari ekspluatatsiya qilinmoqda.

2020 yilning o‘tgan davrida, iste’molchilarga elektr energiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 6-10 kVt 44 ta transformator stansiyasi mukammal ta’mirlandi.  Shuningdek, 260,85 km havo tarmog‘idan 37,43 km havo tarmog‘i mukammal hamda 109.6 km havo tarmog‘i joriy ta’mirdan chiqarildi. "Obod mahalla" dasturiga asosan joriy yilda "Ko‘hna cho‘pon ota", "Hamdo‘st" va "Tinchlikobod" MFYlarida transformator nimstansiyalari mukammal ta’mirlandi. Qolaversa, hududdagi 17 ta mahallalardagi simyog‘och ustunlar, beton ustunlarga almashtirildi.

Keyingi paytda elektr tarmoqlariga yuklamalar ortib boryapti. Ayni vaqtda “Toshkent shahar MET” filiali balansida umumiy quvvati 3034,5 megavoltamper bo‘lgan 220 kVtli 7 ta podstansiya ishlab turibdi. Joriy yilda 4 dona transformator hamda 8 dona o‘chirgich mukammal ta’mirdan chiqarildi. “Qo‘yliq”, ”Yuksak” va “Ozodlik” podstansiyalarida esa modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda. Bu yil hisobidan 43,8 milliard so‘m o‘zlashtirilib, zamonaviy elektr uskunalarga va umumiy quvvati 338 megavoltamper bo‘lgan kuch transformatorlari foydalanishga topshirildi. Podstansiyalarga birin-ketin yangi, yuqori quvvatli transformatorlar o‘rnatilyapti va elektr uskunalar yangisiga almashtirilyapti.

Joriy yilning 5 iyulida Xitoy Xalq Respublikasining “Chandong Electrikal Enjineyering and Equipment Group Co.  Ltd” kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida 6,78 million dollarlik shartnoma imzolandi. Bunday kompleks qurilmasi yurtimizda ilk marotaba yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida amaliyotga tatbiq etilmoqda.  

Elektr tarmoqlari va podstansiyalarda elektr energiyasi bir maromda ishlashi kerak. Shunda elektr uskunalar belgilangan muddatgacha o‘z xususiyatini o‘zgartirmasdan ishlaydi. Investitsion dasturlar asosida tizim bo‘yicha modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarining yil sayin faollashayotgani yangi quvvat va imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda.

Jamoliddin NOSIROV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi iste’molining uzluksizligini ta’minlash nimalarga bog‘liq?