Tonggi soat 7:00 dan boshlab elektr stansiyalardagi mavjud rezerv quvvatlarni oshirish orqali tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish berish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Bugun, 21-oktyabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli “Serdar-Mari GRES” deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi favqulodda oʻchdi.

Ushbu havo tarmogʻi orqali Oʻzbekistonga 750 MVtgacha elektr energiyasi importi yetkazib berilayotgan edi. Havo tarmogʻida sodir boʻlgan nosozlik tufayli, avariyaga qarshi avtomatikaning ishlashi oqibatida, Oʻzbekiston energetika tizimida 316 MVt quvvat bilan isteʼmolchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi.

Hozirgi paytda Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmogʻini ishga qoʻyish borasida sozlash ishlarini olib borishmoqda.

Yuzaga kelgan texnik-muhandislik holati uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidagi bugʻ-gaz qurilmalari hamda gidroinshootlar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni rejaga muvofiq davom etmoqda va bu mamlakatimizdagi kunlik isteʼmolning asosiy qismini (taxminan 94–97 foizini) qoplaydi.

Turkmanistondan elektr energiyasi import amaliyoti qoʻshni davlat energetiklari tomonidan tez orada bartaraf etilishini maʼlum qilamiz.

“Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi import amaliyoti turkmanistonlik energetiklar tomonidan tiklanmoqda
Жамият
11:40 / 21:10:2020