Prezidentimiz raisligida 2021 yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti kamida 5 foiz o‘sishi maqsad qilingani, biroq global iqtisodiyotdagi noaniqlik uzoq davom etishi mumkinligi iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilishni talab etishi aytilgan edi.

Davlatimiz rahbari shu bois barcha sohadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganish, “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalarni qo‘ydi. Har bir rahbarning mazkur tizimdagi shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi oshirildi.

“Mahallabay” ishlash tizimi asosida “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Umarjon Egamberdiyev boshchiligida Jizzax viloyati Baxmal tumanida aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari hamda tadbirkorlarning ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr energiyasida yuzaga kelayotgan murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuvda aholining murojaatlari tinglanib, ular tomonidan sohaga doir berilgan savollarga joyida yechim topishga harakat qilindi. Unga ko‘ra, Baxmal tumani “Oqtosh” MFYda Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2,3 kilometr havo tarmog‘i qurish hamda 63 kVA transformator o‘rnatilmaganligi aytib o‘tildi. Mazkur holat bo‘yicha mutasaddi tashkilot vakillariga qurilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Novqa, Toshtepa-3 mahallasi hududidagi havo tarmoqlari talabga javob bermasligi va 2,3 kilometr havo tarmog‘i qurish, 63 kVA transformator o‘rnatish hamda 300 ta xonadon mavjud Pastki Novqa mahallasida elektr energiyasining kuchlanishi pastligi sababli TP-32 ga aholini ulash va simlarni tortish yuzasidan takliflar o‘rganildi. Shuningdek, ushbu mahallalarda temir-beton ustun qurilishini ta’minlash hamda transformatorni fazirovka qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, Tinchlik mahallasidagi 8-umumta’lim maktabi oldida 6 ta temir-beton ustun yetmaganligi va havo tarmoqlarining talab darajasida emasligi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu holat yuzasidan temir-beton ustun qurilishini ta’minlash hamda transformator punktidan chiquvchi fazalarni fazirovka qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar qisqa vaqt ichida bartaraf etilishi lozimligi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot vakillari o‘zaro fikr almashdi.

U.Egamberdiyev uchrashuvdan so‘ng “Jizzax HETK” AJga tegishli temir-beton ustunlarini ishlab chiqish sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur ob’ektni ko‘zdan kechirish jarayonida sexda ishlab chiqarilayotgan ustunlar shamol, tashqi mexanik ta’sir hamda yiqilishiga mustahkamligini tekshirish uchun tanlov asosida sinovlar o‘tkazish, ishlab chiqarish sexining o‘zida ustunlarning yerga ko‘miladigan qismi (2 metr)ni bitumlash ishlarini tashkil etish, shuningdek, yangidan qurilayotgan temir-beton ustunlari uchun traverslarini ishlab chiqarish va SIP kabellarning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish sexlari bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi.

Navro‘z NORBOBOEV,

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot kotibi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasi bilan bog‘liq aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi