–Afg‘oniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib borish zarur, deb bilamiz.
Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz, – dedi Prezident.
El-yurtimiz urush va ofatlar vaqtida og‘ir vaziyatga tushib qolgan begunoh insonlarga doimo beg‘araz yordam ko‘rsatib kelgan.
Insonparvarlik an’analarimizga sodiq qolib, O‘zbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus farmon qabul qilindi.
Prezidentimiz bag‘rikeng, mehr-oqibatli xalqimiz ushbu farmonda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
O‘zA