“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat texnika universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda jamg‘armaning Raqamlashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i J. Qaynarbekov, Boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari A. Ahadov hamda jamg‘arma stipendiyasi asosida xorijda tahsil olib, ayni paytda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan B. Ikromova ishtirok etdi.
[gallery-28434]
Uchrashuvda jamg‘arma stipendiatlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagidagi iqtidorli yoshlar hamda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelayotgan talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlari, saralash bosqichlari, hujjat topshirish tartibi va muhim muddatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA