O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6168-son Farmoni hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2023 yil 4 oktyabrdagi 9-son qaroriga asosan “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023 yilgi navbatdagi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.
Mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, iste’dodli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura
va doktoranturada ta’lim olish uchun 345 o‘rinгa mo‘ljallangan 2023 yilgi
2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratilishda bugungi kunda mamlakatimizda ancha tanqis hisoblagan mutaxassisliklar bo‘yicha, jumladan arxitektura va dizayn, madaniyat va san’at, psixologiya, jurnalistika
va ommaviy aloqalar (PR), turizm va madaniy merosni o‘rganish, geologiya, qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar,
IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt, atom va quyosh energetikasi, sog‘liqni saqlash, telemeditsina, virusologiya, farmatsevtika va biotexnologiya, elektroenergetika, neft-gaz, kimyo, metallurgiya sohasi va boshqa ustuvor mutaxassisliklarga alohida e’tibor qaratildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023 yilda ajratilgan jami 500 o‘rinli kvotadan vakant qolgan 345 o‘rinli 2-ochiq stipendiya tanlovida 2023-2024 o‘quv yili xorijda ta’lim olish uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 193 o‘rin,
-doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 o‘rinгa stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Agar Siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat iqtisodiyoti va ilm-faniga innovatsion g‘oyalar
va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz – bu imkoniyat aynan Siz uchun!
Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10 oktyabridan 10 noyabriga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarni topshirish jarayonida bugungi kunda amalda bo‘lgan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Lyettyer of accyeptancye yoki Lyettyer of conditional accyeptancye), nufuzli universitetlarda o‘qiyotgan nomzodlar xorijda ta’lim olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni yuklashlari talab etiladi.
Nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Lyettyer of accyeptancye yoki Lyettyer of conditional accyeptancye) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Nomzodlar tomonidan nufuzli universitetlardan o‘qish xarajatlari bo‘yicha grantlar (chegirmalar) mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari shart.
Bakalavriat dasturida ishtirok etadigan nomzodlar maktabni, litsey va kollejni tugatganligini tasdiqlovchi attestat va diplomlar bilan ishtirok etishlari talab etiladi.
Mazkur tanlovdan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali, xorijda ta’lim olishning boshqa xarajatlari me’yorlari kabi, o‘qish xarajatlarining ham eng yuqori miqdori belgilanganligiga e’tibor berishingizni so‘raymiz.
Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar davom etadi.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz. Qo‘shimcha savollarga javoblarni (71 203 14 41, 71 203 00 47, 71 203 00 48, 71 203 00 53) telefon raqami yoki Jamg‘armaning https://t.me/EYUF_Admission_2023bot rasmiy bot kanali orqali shuningdek, info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali olish mumkin.
Bugungi kunda 504 nafar stipendiatlarimiz AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olmoqdalar. Siz ham shunday imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!!!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni o‘z tanlovlarida kutib qoladi!