“El-yurt umidi” jamg‘armasi: 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun 500 ta kvota ajratilgan
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruvi kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish uchun 500 ta kvota ajratilgan.
Jumladan, bakalavriat ta’lim dasturlari uchun – 167 ta, magistratura uchun – 232 ta, doktorantura uchun – 38 ta, Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qo‘shimcha 63 ta kvota jratildi.
Nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 24-aprelga qadar barcha uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida onlayn platforma orqali 24/7 rejimida qabul qilinadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA