Prezidentimizning 2018 yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etilgan edi.

Prezidentimizning 2018 yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etilgan edi. Xorijiy taʼlim muassasalarida mamlakatimiz uchun mutaxassislar tayyorlash, xorijda yashayotgan ilmiy salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uning asosiy vazifasi etib belgilangan.

Bugungi kunda ushbu tuzilma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qanchalik uddalamoqda? OʻzA muxbiriningJamgʻarma direktori vazifasini bajaruvchi Adham BЕKMURODOV bilan suhbati shu haqida boʻldi.

– Suhbatimiz avvalida oʻtgan davr mobaynida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, uning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzlab bersangiz?

– Jamgʻarma mamlakatimizning jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Shu maʼnoda kadrlarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida tayyorlash ishlari Jamgʻarma tashkil topgan ilk kunlardanoq faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan. Oradan qisqa vaqt oʻtganiga qaramasdan maʼlum natijalarga erishdik.

Birgina misol. 2018 yilda dunyoning rivojlangan 26 davlatidagi 74 ta universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda 400 ga yaqin yigit-qizning magistratura va doktorantura taʼlim dasturlarida, malaka oshirish va stajirovka kurslarida ishtiroki taʼminlandi. Ular AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Ispaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlar nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarida, jumladan, Kembrij, Oksford, Bern universitetlari, London Qirollik maktabida tahsil olishmoqda.

Oʻtgan yilning dekabr oyida oliy taʼlim tizimi mutaxassislari uchun 600 oʻrinli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilingan edi. Ayni kunlarda 2,5 mingdan ortiq nomzod orasidan munosib topilgan 515 nafar mutaxassis Jamgʻarma stipendiyasi sertifikatini olish arafasida turibdi.

Bugungi kunda Jamgʻarma ikkinchi stipendiyasi tanlovini oʻtkazish boʻyicha barcha vazirlik va idoralarning kadrlarni xorijda oʻqitishga boʻlgan ehtiyoji oʻrganildi. Unga koʻra, davlat boshqaruvi sohasida 2 ming 102 ta, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida 2 ming 29 ta, fan va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida 351 ta va sogʻliqni saqlash sohasida 384 ta ehtiyoj borligi aniqlandi. Shunga muvofiq 2019 yilning 20 fevralidan vazirlik va idoralar xodimlari uchun 400 kishiga moʻljallangan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining navbatdagi stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 1 ming 92 nafar nomzod ariza topshirgan. Shundan 564 nafari 2-bosqichga tavsiya etildi. Hozirgi kunda ikkinchi bosqichning 324 nafar qatnashchisi mutaxassislik boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

Jamgʻarmaning 2019 yilgi navbatdagi stipendiyalar tanlovi sentabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda oliy taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlov uchun 1 ming 300 dan ortiq oʻrin ajratilishi koʻzda tutilgan.

Faoliyatimiz bu bilan cheklanib qolgani yoʻq. Xorijiy tashkilotlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzoladik. Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi bilan erishgan kelishuvga koʻra, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari magistrantlari Germaniyaning “SAP”, “Knauf”, “Siemens” kabi yetakchi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtash imkoniga ega boʻlishadi. Stajirovka dasturi 2019 yil may-iyun oylarida boshlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Germaniyaning “LOGO e.V” jamoatchilik ittifoqi bilan imzolangan kelishuv oʻzbekistonlik 30-50 magistrantning ushbu mamlakat qishloq xoʻjaligi va turizm tashkilotlarida 6 oylik stajirovka oʻtashlari uchun imkoniyat taqdim etdi.

Shu kunlarda Fransiyaning “Campus France” davlat agentligi bilan hamkorlik oʻrnatish arafasidamiz. Shu orqali agentlik har yili 10 nafar oʻzbekistonlik yigit-qiz uchun stipendiya ajratadi.

Endigi maqsad Janubiy Koreyaning Taraqqiyot instituti bilan yaqin aloqalarni oʻrnatishdan iborat. Jamgʻarma ushbu davlatning Sejong universitetida mamlakatimiz istiqbolli kadrlarining 10 foizlik chegirma asosida malakasini oshirish, oʻzbekistonlik talabalar, doktorantlar uchun ajratilgan kvotalar sonini ikki baravarga oshirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

– Jamgʻarma tomonidan yoshlarning xorijga joʻnatilishi qanday mezonlarga asosan amalga oshiriladi, saralash va baholash jarayonlarida shaffoflik, ochiqlik qanchalik taʼminlangan?

– Tanlovlarning saralash bosqichlari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu Prezidentimizning 2018 yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Nizomda belgilab qoʻyilgan. Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Fanlar akademiyasi, “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster, Inha, Turin politexnika universitetlari, Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti olimlari, “Oʻzingni angla” amaliy-psixologik xizmat markazi psixologlari kiritilgan.

Tanlovning birinchi bosqichi tashkiliy jarayondan iborat. Bunda hujjatlar nomzodlarga qoʻyilgan talablar asosida qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda nomzodlar til bilish darajalari boʻyicha test sinovlaridan oʻtkaziladi. Uchinchi bosqichda intellektual salohiyatni aniqlaydigan IQ testlarini topshirishadi va mutaxassislik boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.

Toʻrtinchi bosqichda esa xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun nomzodlar til bilish darajasidan imtihon topshiradi.

Jamgʻarma stipendiyalar tanlovi vaqtida birinchi bosqichdagina ishtirok etadi. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida veb-kameralar imtihon jarayonlarini tasvirga olishi yoʻlga qoʻyilgan. Nomzod qoʻyilgan bahodan norozilik bildirsa, ushbu tasvirlardagi yozuvlar tahlili asosida qayta sinovdan oʻtishi mumkin.

– Xorijdagi vatandoshlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi ishlarga ham toʻxtalsangiz?

– Jamgʻarma qator mutasaddi vazirlik va idoralar koʻmagida xorijdagi yuqori malakali vatandoshlarning elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xorijdagi 10 mingdan ziyod vatandoshlar haqida maʼlumotlarni oʻzida jamlashi rejalashtirilayotgan reyestr 2019 yilning 1 fevralidan sinov tariqasida ishga tushirildi.

Vatandoshlar elektron katalogini toʻldirib borish maqsadida “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspertlar kengashi bilan yaqin aloqalar oʻrnatilgan. Ayni paytda xorijdagi vatandoshlarning jamoat tashkilotlari bilan munosabatlari oʻrganilmoqda.

Jamgʻarma tashabbusi bilan UzBridge” axborot-tahliliy elektron jurnali tashkil etildi. Bu chet ellarda oʻzining professional mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar, ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlarning fikr va qarashlarini oʻrganish, ularni mamlakatimiz turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar natijasi bilan tanishtirib borish imkonini beradi. Mazkur elektron-jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yilgi dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritildi.

Xorijga turli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga yuboriladigan yoshlarning mamlakatimizga qaytib kelib, islohotlar jarayonidagi ishtirokini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlar bormi?

– Qayd etish kerak, tanlov gʻoliblarini aniqlashda nomzodlarning vatanparvarlik tuygʻusi muhim mezon va oʻlchov sifatida belgilangan. Shu bois nomzodlarning kelgusidagi orzu-istaklari, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi tanlov bosqichlari chogʻida psixologlar tomonidan baholab boriladi. Qolaversa, xorijda oʻqishga borishga daʼvogarlar oʻzi faoliyat yuritayotgan korxonadagi ish oʻrnidan ajralmagan holda, tashkilot tomonidan berilgan kafolat xati asosida hujjat topshiradi.

Jamgʻarma Nizomida maxsus band kiritilgan. Unga koʻra, magistratura yoki doktorantura dasturi boʻyicha xorijda taʼlim olgan kadrlar egallagan mutaxassisligi boʻyicha oliy taʼlim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlarida 5 yil, malaka oshirish va stajirovka dasturi boʻyicha tahsil olganlar esa 3 yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berishi kerak boʻladi. Stipendiatning oʻqishi uchun sarflangan xarajatlar 75 ming dollardan oshgan taqdirda, bu muddat 7 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Stipendiat uzrsiz sabablarga koʻra xorijiy taʼlim va ilmiy muassasa talabalari safidan chiqarilganda yoki taʼlim olish muddati nihoyasiga yetgandan soʻng belgilangan tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortganda sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar stipendiat tomonidan qoplab beriladi.

– Jamgʻarma maqsadlarini toʻlaqonli amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan holatlar mavjudmi?

– Bugungi kunda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilayotgan tanlovlarda ishtirok etishni faollashtirish, ushbu masalaga vazifa emas, balki imkoniyat sifatida qarash madaniyatini shakllantirish lozim.

Viloyatlarda uchrashuvlar, tanlovlar targʻibotini qildik. Shunga qaramay ayrim hududlarda mutaxassislardan “oʻylab koʻramiz” qabilidagi javoblarni eshityapmiz. Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi: "Biz qaysi davrda yashayapmiz, davlatimiz tomonidan shunday sharoitlar yaratilsayu biz bundan foydalanish yoki foydalanmaslikni oʻylash mumkinmi?

Bizni qiynayotgan yana bir masala – bu nomzodlarning chet tillarini bilish darajasining pastligi. Biz dunyo tajribasi asosida mutaxassislar tayyorlashni reja qilgan ekanmiz, avvalo, chet tillarini puxta oʻrganishimiz darkor.

Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning 22 ta oliy taʼlim muassasalarida til oʻqitish markazlarini tashkil etish ishlarini boshladik.

– Suhbat uchun tashakkur!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati: tahlil, natija va muammolar